Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida eri tomonidan kaltaklangan ayol vafot etdi
Ayolning eri protsessual tartibda ushlangan. Endi u 10 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumanida eri tomonidan kaltaklangan 23 yoshli ayol shifoxonada vafot etdi. Toshkent viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmasi qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi qayta malakalangani haqida xabar berdi.
«Afsuski, 23 yoshli ayol ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay bugun shifoxonada vafot etdi… Mazkur holat jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgani sababli qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Jinoyat Kodeksining 126 (1) - moddasi 8-qismi «g» bandiga qayta malakalandi», deyiladi xabarda.
Avvalroq, Oqqo‘rg‘on tumanida turmush o‘rtog‘ini urgan 37 yoshli erkak qo‘lga olingan, ayol jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.
Ta’kidlanishicha, 16 yanvarda Oqqo‘rg‘on tumanida 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro K.G. va uning 2001 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i Sh.U. o‘rtasida oilaviy kelishmovchilik kelib chiqqan. Janjal vaqtida fuqaro ayolni urib, unga tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi Chinoz tumani tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan. Ayolning eri protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 126 (1) -moddasi (oilaviy maishiy zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Endi gumondor qayta malakalangan ish bo‘yicha 10 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026