Jahon | 17:17 / 02.01.2019
5602
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada haydovchi yangi yil kechasi migrantlarga bir necha bor hujum qildi. Sakkiz kishi jarohat oldi

Foto: DPA

Germaniya shimoli-g‘arbidagi Botrop va Essen shaharlarida yangi yil kechasi kamida sakkiz kishi jarohat oldi. NTV portali xabariga ko‘ra, tun yarmida Essen shahridan bo‘lgan 50 yoshli shaxs o‘z avtomobilida o‘tkinchilarning bir necha guruhiga borib urilgan. Hammasi bo‘lib u to‘rtta hujumni amalga oshirdi, ikki holatda odamlar qochish va yashirinishga ulgurdi, qolgan ikkitasida - yo‘q.

Jarohat olganlar - Afg‘oniston va Suriyadan bo‘lgan muhojirlar, shuningdek, asli kelib chiqishi turkiyalik bo‘lgan Germaniya fuqarosi. Ular orasida - to‘rt nafar voyaga yetmagan bola. Bir ayol og‘ir jarohat olgan.

Jinoyatchi o‘sha tundayoq qo‘lga olindi. Der Spiegel ma'lumotlariga ko‘ra, uning harakatlari sababi - ksenofobiya. Birinchi so‘roq paytida u chet elliklarning ko‘pligi Germaniya uchun muammo, deb hisoblashini tan olgan. Bundan tashqari, nashr ma'lumotlariga qaraganda, erkakda ruhiy buzilishlar mavjud; kamida bir marta u maxsus klinikada davolangan. U Germaniya maxsus xizmatlari bazasida ekstremist sifatida qayd etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil aprel oyida Myunster shahridan bo‘lgan Yyens Aleksandr Ryuter eski shahardagi restoranning ko‘cha qismida o‘tirganlar ustiga mashina haydab bordi. Uch kishi halok bo‘ldi, yigirma kishi jarohat oldi. Ryuter o‘z joniga qasd qildi. Politsiya o‘shanda jinoyat siyosiy sabablarga ko‘ra yuz berganiga doir versiyani rad etdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid