Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobil, temir yo‘l va havo transporti yo‘llarining o‘tkazuvchanlik holati oshiriladi
O‘zbekistonda avtomobil, temir yo‘l va havo transporti yo‘llarining o‘tkazuvchanlik holati oshiriladi. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Hujjat bilan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi. Dasturda:
mamlakat hududi bo‘ylab o‘tgan xalqaro darajadagi avtomobil yo‘llarining, ayniqsa, davlat chegarasi orqali o‘tish punktlariga olib boradigan tirband yo‘llarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish maqsadida loyihaviy yechimlarni ishlab chiqish;
respublikaning tranzit salohiyatidan keng foydalanish;
davlat dasturlarini shakllantirishda mavjud temir yo‘l tarmoqlarining o‘tkazuvchanligi oshirishga e'tibor qaratish;
havo transporti orqali eksport hajmini oshirish va mazkur sohaga xorijiy havo kompaniyalarini keng jalb qilish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - yil davomida, ijro uchun mas'ullar - Vazirlar Mahkamasi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi.
Mavzuga oid
08:25 / 14.05.2026
Dunyoda qaysi avtomobil brendlari yetakchilik qilmoqda?
10:44 / 25.04.2026
Xitoy avtosanoatida AI “inqilobi” boshlandi
17:16 / 24.01.2026
O‘zbekistonda pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazo belgilanishi kutilmoqda
11:21 / 23.05.2025