Özbekistonda ayollar va bolalarga nisbatan zöravonlikka qarşi kuraşiş böyiça samarali işlaydigan tizim yölga qöyiladi. Bu “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş” yilida ustuvor yönalişlar böyiça islohotlar dasturlari va “Özbekiston — 2030” strategiyasini amalga oşiriş böyiça Davlat dasturi” loyihasida qayd etildi.

Loyihaga köra, ayollar va bolalarga nisbatan sodir etilgan zöravonlik bilan boğliq jinoyatlar uçun javobgarlik çoralari kuçaytiriladi. Xususan, 14 yoşga tölmagan şaxslarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uçun umrbod ozodlikdan mahrum etişgaça bölgan jazo çoralarini belgilaş közda tutilmoqda.

Voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan jinsiy va zöravonlikka oid jinoyatlarni tergov qiliş prokuratura organlarining mutlaq vakolatiga ötkaziladi. Voyaga yetmagan şaxslar, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zöravonlik bilan boğliq işlarni tergov qiliş hamda körişga maxsus tayyorgarlikdan ötgan tergovçi va sudyalar faoliyati yölga qöyiladi.

Şuningdek, nikoh yoşiga yetmagan şaxsni unaştirganlik uçun uning ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslarga, noqonuniy nikohni tarğib qilgan şaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik çoralari belgilanadi.

Oila va xotin-qizlar maskanlarida yoş nikohlanuvçilarni maxsus öqitiş dasturlari samaradorligi oşiriladi. Yoş nikohlanuvçilarning kamida 40 foizi maxsus öqitiş dasturlari bilan qamrab olinadi, psixolog, huquqşunos va boşqa mutaxassislarni jalb qiliş orqali oilaviy zöravonlikka qarşi kuraşiş çoralari köriladi.

Mazkur normalar 2026 yil 1 apreldan joriy etilişi belgilangan.

Avvalroq manzil koloniyadan qoçib, 3-sinf qizni zörlagan pedofil 18 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.