Jahon | 23:33 / 04.01.2019
6537
1 daqiqa o‘qiladi

Burkina-Fasodagi elatlararo to‘qnashuvlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 46 nafarga yetdi

Foto: AFP 2018 / Ahmed Ouoba

Burkina-Fasoda 1 yanvarda boshlangan elatlararo to‘qnashuvlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 46 nafarga yetdi. Bu haqda Faso mahalliy portali ma'lum qildi.

To‘qnashuvlar 1 yanvarda noma'lum kimsalarning mosi qabilasi vakillari yashaydigan qishloqqa hujumidan keyin boshlangan. Mahalliy aholi hujumga javoban fulbe elatini bosqinchilarni yashirishda ayblab, ularning yashash joylariga bir nechta hujum amalga oshirgan.

Mamlakat hukumati vakili Remi Danjinu ixtilofni boshlaganlarni elatlararo adovatni avj oldirishdan manfaatdor terrorchilar deb atagan.  

Mavzuga oid