Burkina-Faso oltin qazib oluvchi chet elliklarning litsenziyasini qaytarib olishni boshladi
Oltin Burkina-Fasoning asosiy eksport mahsuloti hisoblanadi. 2022 yilning o‘zida u yerda 70 tonnaga yaqin oltin qazib olingan.

Foto: Getty Images
Burkina-Faso mamlakatda oltin qazib olib bilan shug‘ullanuvchi ayrim chet el korporatsiyalarining litsenziyasini chaqirib olishni boshladi. Bu haqda mamlakat harbiy xunta yetakchisi Ibrahim Traore ma’lum qildi.
«Oltinni qanday qazib olishni o‘zimiz bilamiz va nima uchun xalqaro korporatsiyalarning kelib, uni qazib olishlariga imkoniyat berishimizni tushunmayman. Biz litsenziyalarni chaqirib olamiz», — deydi Traore.
Reuters agentligining qayd etishicha, oltin Burkina-Fasoning asosiy eksport mahsuloti hisoblanadi. 2022 yilning o‘zida u yerda 70 tonnaga yaqin oltin qazib olingan. Mamlakatda ko‘plab kompaniyalar, jumladan, Britaniyaning Endeavour Mining, Avstraliyaning West African Resources, Rossiyaning Nordgold hamda Kanadaning Orezone Gold Corporation korporatsiyalari faoliyat yuritib keladi.
Burkina-Faso — aholisi 22 millionga yaqin va aholi jon boshiga YaIMi yiliga 988,3 dollarni tashkil etadigan Afrika g‘arbidagi eng qashshoq davlatlardan biri. Uning bir qismi «Al-Qoida» va IShID terrorchilik tashkilotlari tomonidan nazorat qilinadi.
2022 yil sentabrda Burkina-Fasoda harbiy to‘ntarish sodir bo‘lgan va hokimiyat tepasiga «Kobra» maxsus bo‘linmasi boshlig‘i Ibrahim Traore kelgan edi. Traore «o‘tish davri prezidenti» hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyada so‘nggi yillardagi eng yirik namoyishlar - fotosuratlar
Jahon | 12:47
-
«Real»da kambek, Shomurodov va «Roma»da g‘alabali seriya. Kun o‘yinlari
Sport | 11:58
-
Olimlar hech qanday tirik jonzotga o‘xshamaydigan organizmni topishdi
Jahon | 10:53
-
Ryanair rahbarini restoranda masxara qilishdi
Jahon | 10:06
Mavzuga oid

22:42 / 27.03.2025
Savdo urushi fonida oltin narxi yangi rekordga yetdi

10:50 / 15.03.2025
Oltin quymalar narxi yangi rekord darajaga yetdi

17:22 / 05.03.2025
O‘zbekiston yanvarda eng ko‘p oltin sotib olgan davlatga aylandi

19:49 / 22.02.2025