Trampga nisbatan impichment jarayoni boshlanishi mumkin
Kaliforniya shtatini bildiruvchi kongressmen-demokrat Bred Sherman kongressning yangi yildagi ilk ish kuni vakillar palatasida AQSh prezidenti Donald Trampning impichmenti haqidagi rezolyutsiyani ilgari surmoqchi.
Shermanning Los Angeles Times nashriga ma'lum qilishicha, bunga Tramp va uning saylovoldi kampaniyasi a'zolarining Rossiya bilan aloqalari bo‘yicha tergov borishi davomida FQBning sobiq rahbari Jyeyms Komining iste'foga chiqarilishida sud idoralariga to‘sqinliklar yaratishga urinish sabab hisoblanadi.
“Kongress bu masalani ko‘rib chiqmasligiga sabablar yo‘q. Donald Tramp har kuni uning Oq uydan ketishi davlat uchun yaxshi bo‘lishini ko‘rsatmoqda”, deb aytgan Sherman.
2018 yil dekabrida Tramp unga impichment e'lon qilish qiyin bo‘lishini, chunki u “mamlakat uchun hech qanday yomon ish qilmaganini” aytgan.
Mavzuga oid
22:42 / 07.10.2024
Gruziya parlamenti prezidentning impichmentini qayta boshlaydi
22:09 / 17.12.2023
Baydenga impichment bo‘yicha surishtiruvlar boshlandi: shu vaqtgacha nimalar ma’lum?
22:47 / 18.10.2023
Gurjiston parlamenti prezident Zurabishviliga impichment e’lon qilolmadi
13:14 / 11.09.2023