Amerikalik kongressmen Trampga impichment e’lon qilish bo‘yicha da’vo kiritishga va’da berdi
«Har bir Goliafning o‘z Dovudi bor», dedi Kongress a’zosi El Grin. U fevral oyida ham Trampga impichment e’lon qilish masalasini ko‘targandi.

Foto: AP
AQSh Kongressi a’zosi El Grin 30 kun ichida prezident Donald Tramp impichmenti bo‘yicha da’vo kiritishini ma’lum qildi. Bu haqda u amaldagi prezident siyosatidan norozi odamlar to‘plangan Vashingtondagi mitingda ta’kidlab o‘tdi.
«Bizga bu safar uni aybdor deb tan oladigan Senat kerak. Men tushunaman — u Goliaf. U armiyadagi generallarni nazorat qiladi. U Adliya vazirligini nazorat qiladi. U Respublikachilar partiyasini nazorat qiladi. Ammo do‘stlarim… har bir Goliafning o‘z Dovudi bor», — deydi Grin norozilik aksiyasida. Kongressmen Tramp o‘zi egallab turgan lavozimga loyiq emasligini qo‘shimcha qildi.
Grin oldin ham Donald Trampga nisbatan impichment tashabbusini va’da qilgandi. Xususan, u bu haqida 5 fevral kuni, prezident G‘azo sektorini AQSh nazorati ostiga olish taklifini berganidan keyin, Vakillar palatasi minbaridan turib gapirgandi.
Eslatib o‘tamiz, Donald Trampga nisbatan birinchi prezidentlik muddatida ham impichment jarayonlari boshlangan edi. Birinchi impichment 2019 yil dekabrida e’lon qilingan. O‘shanda kongressmenlar Trampni hokimiyatni suiiste’mol qilish va Kongress o‘tkazgan tergovga to‘sqinlik qilishda ayblagan. Biroq Senat impichmentga qarshi ovoz bergan.
2021 yil yanvarda esa AQSh Senati Donald Trampni Kapitoliyga hujum uyushtirilishi tufayli boshlangan impichment jarayonida qoralash uchun zarur bo‘lgan ovozni yig‘a olmagandi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40
-
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi
Fan-texnika | 22:02
-
Qizaloq va Lucho: bir muhabbat tarixi
Sport | 21:20
-
Shavkat Mirziyoyev Haj ziyoratidagi o‘zbekistonliklardan xabar oldi
O‘zbekiston | 20:31
Mavzuga oid

18:34 / 01.05.2025
Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi saylovlar oldidan iste’foga chiqdi

21:12 / 29.04.2025
Tramp jamoasi uchinchi ehtimoliy impichmentga tayyorgarlikni boshladi

20:01 / 02.04.2025
Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi

16:52 / 08.03.2025