O‘zbekiston | 14:21 / 07.01.2019
7206
10 daqiqa o‘qiladi

Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi nizom loyihasi e'lon qilindi

Foto: protextile.uz

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Ma'muriy kengashlar va erkin iqtisodiy zonalarning direksiyalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom loyihasi joylashtirildi.

Nizomga ko‘ra, EIZ faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va muvofiqlashtirish funksiyalari ma'muriy kengashlar tomonidan amalga oshiriladi.

Ma'muriy kengashlarning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib qo‘yidagilar belgilanadi:

Tegishli hududda EIZ faoliyatini boshqarish, muvofiqlashtirish va davlat tomonidan tartibga solish, shuningdek maxsus huquqiy rejimga rioya etilishini nazorat qilish;

loyiha, tanlov va shartnomaga oid hujjatlarni o‘z vaqtida tayyorlash bilan bog‘liq masalalarda EIZlarda loyihalarni amalga oshirishga mas'ul bo‘lgan mahalliy hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek EIZlarning faoliyat olib borishi bilan bog‘liq masalalarda mahalliy hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

tegishli hududda EIZlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va muvofiqlashtirish, shuningdek, alohida huquqiy va iqtisodiy rejimga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

EIZ hududida amalga oshirish uchun istiqbolli investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, xorijiy investorlarni jalb qilish;

EIZlarning samarali faoliyat ko‘rsatishini tashkil qilish bo‘yicha chora tadbirlar majmuini amalga oshirish, direksiya faoliyatini tashkil qilish va EIZlar direksiya direktorlariga nomzodlarni Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun taqdim etish hamda ular faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;

EIZlarning o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish;

EIZlarni rivojlantirish bo‘yicha bosh rejani ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

EIZlar hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qarorlar “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKning ijobiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda qabul qilish;

investitsiya loyihalarini tanlash va ularni amalga oshirish uchun EIZ zonalar hududida joylashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish;

ishlab chiqarish loyihalarini erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish bo‘yicha investitsiya buyurtmanomalarini ko‘rib chiqish muddati Markaz tomonidan xulosa berish jarayoni bilan birga o‘ttiz kalendar' kunidan oshmasligi kerak;

investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun erkin iqtisodiy zonalarining ishtirokchilariga tuman (shahar) hokimining yer ajratish to‘g‘risidagi alohida qarorisiz, ma'muriy kengashlarning bayonnomalariga asosan yer maydonlarini ajratish;

davlat mulki bo‘lgan ishlamayotgan korxonalar va bo‘sh yotgan mol-mulklarni erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmalarini qurish uchun loyihalarni o‘z vaqtida ishlab chiqish, moliyalashtirish va amalga oshirishni ta'minlash;

Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda investorlarni jalb qilish maqsadida EIZlar hududida zarur shart sharoitlar yaratish, shu jumladan muhandislik-transport infratuzilmasi, ijtimoiy-maishiy va madaniy-jamoatchilik obektlar bilan ta'minlanganlik darajasini yaxshilash;

Muhandislik-kommunikatsiya, avtomobil-transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar berish va EIZ hududlarida sifatli logistika xizmatlarini ko‘rsatish uchun zamonaviy infratuzilmani shakllantirish;

EIZni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, EIZlarni rivojlantirishning bosh rejalarini, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya hamda transport infratuzilmasini qurish bo‘yicha loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash;

belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishiga to‘sqinlik qiluvchi sabablarni aniqlagan holda, EIZlar hududida investitsiya loyihalari amalga oshirilishini, shuningdek, yuzaga kelayotgan masalalar va muammolarni hal etishda ularga amaliy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini qabul qilgan holda EIZ ishtirokchilari-xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar moliya-xo‘jalik faoliyatining samaradorligini doimiy monitoring qilib borish;

investitsiyalash to‘g‘risida bitimga kiritilgan majburiyatlarning, shu jumladan, EIZ ishtirokchilari korxonalarining biznes-rejalari parametrlari bajarilishi ustidan monitoring olib borish;

investitsiyalash to‘g‘risidagi bitimlarda nazarda tutilgan investitsiya loyihasi parametrlarini bajarish bo‘yicha belgilangan majburiyatlarning xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan bajarilmagan taqdirda, tadbirkorlik sub'yektini EIZ ishtirokchisi maqomidan belgilangan tartibda mahrum qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taqdimnoma kiritish;

EIZlari faoliyati samaradorligini oshirish, EIZlarining ishtirokchilari-xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning samarali faoliyat yuritishi, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirish uchun yana ham ko‘proq qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;

EIZlarni samarali ishlashini tashkil etish, EIZlarni direksiyalarini shakllantirish va ularni faoliyatini nazorat qilish;

EIZlar direksiyasi faoliyati ustidan amaliy nazorat o‘rnatish, ma'qullangan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi to‘g‘risida direksiya rahbarlarining muntazam hisobotlarini tinglab borish, erkin iqtisodiy zonalar direksiyalarining zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini ta'minlamagan rahbarlariga nisbatan javobgarlik choralari ko‘rish;

EIZni malakali xodimlar bilan butlash, xarajatlar smetalarini muvofiqlashtirish;

EIZlar direksiyalarining xizmatlar ko‘rsatishdan va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlaridan tushumlari asosida mustaqil byudjyetlarini shakllantirish;

EIZlarning mustaqil byudjyetlari va rivojlanish fondlaridagi mablag‘lardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish;

Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda EIZlar direksiyalarining direktorlarini tayinlash va lavozimidan ozod etish;

vakolatli organlarning asosli takliflari bo‘yicha erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini to‘xtatish yoki undan mahrum qilish;

EIZlar hududlarining chegaralarini aniqlashtirish va yangi barpo etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

EIZ direksiyasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib qo‘yidagilar belgilandi:

Ma'muriy kengashning qabul qilingan qarorlariga muvofiq EIZ qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazadi, shuningdek ularning reyestrini olib boradi;

Ma'muriy kengash qarorlariga muvofiq investorlar bilan EIZ hududida investitsiyalash to‘g‘risida bitimlar, davlat mulkini “nol”ga teng xarid qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risida EIZ qatnashchilari bilan shartnomalar tuzadi;

EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni qidiradi va jalb etadi;

ishlab chiqilgan EIZ bosh rejasi va Ma'muriy kengash qarori bilan ma'qullangan investitsiya loyihalarini joylashtiradi;

EIZ hududidagi yer uchastkalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegishli viloyatlar ma'muriy kengashlari tasarrufida bo‘ladi (“Navoiy” EIZdan tashqari) va EIZ qatnashchilariga belgilangan tartibda beriladi.

Direktsiyalar ma'muriy kengashlar qarorlari va ishlab chiqilgan EIZ bosh rejasi asosida ma'qullangan investitsiya loyihalarini joylashtirishni, birinchi navbatda, faoliyat yuritmayotgan, bo‘sh turgan bino, inshootlar va qurilishi tugallanmagan obektlar negizida va muhandislik infratuzilmasi mavjud hududlarda amalga oshiradi.

 

Bitimda investitsiya loyihalarini joylashtirishning sharti sifatida faoliyat boshlanganidan keyin ikkinchi moliyaviy yili yakunlariga ko‘ra ikki yil davomida yillik ishlab chiqarilgan mahsulotning 25 foizidan kam bo‘lmagan, keyingi yillarda 50 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda eksport qilish belgilanadi;

«yagona darcha» tamoyili asosida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun zarur bo‘lgan barcha ruxsatnomalarni berishni tashkil etadi;

belgilangan tartibda tanlab olingan investorlar tomonidan o‘z zimmalariga qabul qilingan majburiyatlarning zarur tarzda bajarilishini tizimli nazorat qiladi, keyinchalik natijalarni Ma'muriy kengashga taqdim etadi;

erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining ishlab chiqarish quvvatlarini o‘z vaqtida ishga tushirishi, mahsulotlarni eksport qilishi, yangi ish o‘rinlari yaratishi hamda investitsiyaviy majburiyatlarni bajarishi ustidan tezkor nazorat olib borish imkonini beruvchi EIZlar xududida investitsiya loyihalarini monitoring qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ma'lumotlarni joylashtirish uchun har oyning 5 sanasigacha Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining hududiy bosh boshqarmalariga to‘liq va ishonchli malumotlarni taqdim etadi;

EIZ hududida joylashgan davlat mulki bo‘lgan ko‘chmas mulk obektlarini o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida boshqaradi;

EIZ hududidagi loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish

va korxonalarning to‘xtovsiz faoliyat yuritishini ta'minlash bilan bog‘liq masalalarni hal etishda EIZ qatnashchilariga ko‘maklashadi;

EIZni rivojlantirish dasturining amalga oshirilishini ta'minlaydi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har chorakda ma'qullangan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi bo‘yicha hisobot berish;

erkin iqtisodiy zonalarning bosh rejalari va arxitektura-rejalashtirish ishlarini ishlab chiqishda buyurtmachi sifatida ishtirok etish;

ekologik holatning yaxshilanishi ustidan nazoratni ta'minlaydi, shuningdek, EIZ hududida joylashgan tarixiy-madaniy boyliklarning but saqlanishi uchun javob beradi;

EIZ faoliyatini boshqarish bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

EIZ qatnashchilarining boshqa sohalardagi faoliyatini tartibga solish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

EIZ hududida davlat organlarining faoliyati va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini qo‘llash erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish bo‘yicha «Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida, Prezident qarorlarida va ularni ijro etish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda, investitsiyalash to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalar va bitimlarda, shuningdek, ushbu Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

EIZ hududida shaharsozlik faoliyati EIZning bosh rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Mavzuga oid