5 yanvar kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning "Özbekiston Respublikasida turizmni tezkor rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi farmoni hamda tegişli qarori haqida e'lon qilinganidan söng barça mahalliy ommaviy axborot vositalari (OAV) hamda xorijiy mamlakatlarning yetakçi naşrlari vizasiz rejim, E-VISA, xorijliklar uçun Özbekistondan turar-joy xarid qiliş imkoni hamda mehmonxonalarda sayyohlar uçun qöşimça qulayliklar va umuman turizm yönalişidagi yangiliklar haqida bong ura boşladi.
Jumladan, Buyuk Britaniyaning Independent naşrida prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Özbekiston 2019 yilning 1 fevralidan xorijiy sayyohlar uçun yanada oçilayotgani va yana 45 mamlakat bilan vizasiz rejim yölga qöyilişi haqida maqola berildi.
Şu örinda ötgan yili joriy qilingan elektron vizalar va vizasiz rejim e'lon qilingan mamlakatlar haqida qayd etildi.
"Germaniyalik turistlar 15 yanvardan mamlakatga vizasiz taşrif buyurişlari mumkin, Buyuk Britaniya bilan birga Kipr, Avstriya va Italiya kabi davlatlar esa fevral oyidan bunday imkoniyatni qölga kiritişadi", - deyiladi maqolada.
Şuningdek, unda mavjud elektron viza sxemasi kengaytirilayotgani va 76 mamlakatni öz içiga qamrab olayotgani ta'kidlangan.
2018 yilgi turizm sohasidagi islohotlardan söng Özbekistonga kelayotgan sayyohlar soni ötgan yilgi 2,6 milliondan 5,3 millionga oşgani qayd etilgan. 2019 yilda bu körsatkiçlar yanada oşişi kutilayotgani qöşimça qilingan.
Manbaning "Özbekiston havo yöllari"ga asoslanib ta'kidlaşiça, 2019 yilning bahor oylarida ikki Airbus A320neos va uç Boeing 787 Dreamliner samolyotlarining qölga kiritilişi davlatlararo reyslar uçun yangi yönalişlarni qöşiş imkonini beradi. Bu esa Britaniya turistlari uçun yanada qulaylik yaratadi. Flagman aviataşuvçisi Londonning Xitrou aeroporti va Toşkent aeroporti örtasida töğridan-töğri reyslarni amalga oşiradi. 2019 yilning yozidan esa Britaniyaning yana bir aeroporti bu röyxatga qöşiladi.
Independent'da yozilişiça, sönggi yillarda Buyuk Ipak yöli böylab joylaşgan mamlakatlarga qiziqiş şiddat bilan ösmoqda.













