AQŞ Davlat departamenti Green Card yoki Diversity Visa Program (DV-2026) dasturi böyiça onlayn röyxatdan ötiş muddatini 7 noyabrgaça uzaytirdi.

Qayd qilinişiça, arizalar 7 noyabr kuni Şarqiy standart vaqt bilan soat 12:00 gaça (Toşkent vaqti bilan 7 noyabr kuni 22:00 gaça) topşirilişi mumkin.

DV-2026 lotereyasi natijalari 2025 yil 3 mayda e’lon qilinadi.

Green Card lotereyasi AQŞda 1990 yilgi immigratsiya töğrisidagi qonunga asosan işlab çiqilgan loyiha hisoblanadi. Bu lotereya ğoliblari AQŞda qonuniy yaşaş va işlaş huquqini beruvçi vizaga ega böladi. Lotereyani ötkaziş, ğoliblarni aniqlaş va ularga viza beriş bilan Davlat departamenti şuğullanadi.

Har yili taxminan 55 mingta vizaga ega çiqiş uçun butun dunyo böylab 20 milliondan köproq odam ariza topşiradi. Odatda ğolib sifatida qayd etilgan ariza beruvçilarning 50 foizdan köproği viza böyiça intervyudan ötgan taqdirdagina viza oladi.