Jahon | 09:16 / 08.01.2019
2764
2 daqiqa o‘qiladi

Nissan sobiq rahbari sudda ayblovlarni rad etdi

Foto: Francois Mori / AP

Renault-Nissan-Mitsubishi avtomobil alyansi sobiq rahbari Karlos Gon Tokio prokuraturasi tomonidan moliyaviy nayranglar bo‘yicha o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni yolg‘on, deb atadi. Bu haqda Yaponiyaning Kyodo agentligi xabar qilmoqda.

Shuningdek, uning ma'lum qilishicha, o‘zining hibsda bo‘lishi adolatsizlikdir.

«Menga yolg‘on ayblovlar qo‘yildi, mening hibsga olinishim adolatsizlik. Nissan’ga hech qanday zarar yetkazmaganman», - dedi Gon.

Ayblov tomoni Gonning uzoq muddat hibsda qolishini Nissan sobiq rahbari yashirinishi mumkinligi borasida xavotir borligi bilan izohladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nissan sobiq rahbari sud oldida javob berishi xabar qilingandi.

Nissan kompaniyasi Karlos Gonni direktorlar kengashining raisi, shuningdek, direktor-vakil lavozimidan olib tashladi. Bu qaror Gon moliyaviy nayranglarda gumonlanib hibsga olinishi fonida qabul qilindi. Tergovga ko‘ra, top-menejyer deklaratsiyalarda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash maqsadida o‘z ish haqi miqdorini ataylab kamaytirib ko‘rsatgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid