Ötgan maqolada biz Özbekiston terma jamoasining Ummon bilan öyinga tayyorgarligi, strategiyasi va rejasi haqida gaplaşgandik. Qölga kiritilgan muhim uç oçko göyoki barçasi nazorat ostida bölgani, Kuperning öyinga bölgan rejasi qisman işlaganini körsatsa-da, aslida muammolar yetarli. Ya'ni Ummon bilan öyinda Kuper hammasini aniq hisobga olib, nazorat qilgandi, futbolçilar körsatmalarni aniq bajarişdi deb xulosa qiliş haqiqatdan ança uzoq. Keling, bu safar endi, bevosita öyin haqida töxtalib ötamiz va ba'zi körsatkiçlar yordamida öyinni yanada kengroq tahlil qilişga harakat qilamiz.
Sxema
Kuper jamoani 4-3-3 ga yaqinroq sxemada maydonga tuşirdi. Himoya tuşunarli, yarim himoya Şukurov-Ahmedov-Sidiqov uçligidan taşkil topdi. Bu yerda Şukurov markaziy himoyaçilarga eng yaqin zonada, Sidiqov va Ahmedov esa, biroz oldinroqda, mos ravişda çap va öng markaziy yarimhimoyaçilari sifatida harakat qilişdi.
Oldingi çiziqda esa, çap qanotda Jaloliddin Maşaripov, öngda Sardor Raşidov, markaziy hujumçi sifatida Marat Bikmayev öynaşdi.
Birinçi kuzatuv: Hayajon.
Terma jamoamiz futbolçilari öyinni katta hayajon ostida boşlaşdi. Jamoaning ançadan buyon birga örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşmagani, ba'zi futbolçilar umuman ilk bor mana şunday turnirda iştirok etayotgani va qisman, uçraşuvga ummonlik muxlislarning köpçilik bölib taşrif buyurib, juda yaxşi quvvatlab turganliklari ta'sir qilgan bölişi mumkin. Ilk daqiqalardagi öziga xos “mandraj” balki butun öyin ssenariysiga ta'sir körsatgan bölişi mumkin.
Misol uçun ummonliklar ham öyinni ança ehtiyotkorlik bilan boşlaşgandi. Ammo futbolçilarimizning özini yöqotib qöyganliklari va bir neça bor oddiy xatolarga yöl qöyişlari, muhimi, töp bilan nima qilişni bilmay, taşabbusni olişga urinmaganliklari natijasida ummonliklar asta-sekinlik bilan öyinga kirib kela boşladilar. Bizdagi işonçsizlik raqib futbolçilariga yordam berdi va endi, taymning ikkinçi yarmiga kelib, Ummon bemalol kombinatsion futbol namoyiş eta boşladi.
Dastlabki 15 daqiqada: töp nazorati: 55-45 foiz.
15-30 daqiqalar oraliğida: 48-52 foiz.
Mavzuga oid
15-45 daqiqalar oraliğida: 40-60 foiz.
Körinib turibdiki, Ummon dastlab, vaziyatni örgana boşladi, futbolçilarimizdan xavf sezilavermagaç, taşabbusni qölga oldi. Töğri, taymdagi sönggi 15 daqiqalikda biz hisobda oldinga çiqib olgandik, ammo bu gol öyinning umumiy kartinasidan kelib çiqmagani, ungaça Ummon ikki marta öta xavfli vaziyat yaratganini ta'kidlaş kerak.
Ikkinçi kuzatuv: Hujumni boşlaş rejasi umuman iş bermadi.
Futbolçilarning alohida statistikasiga e'tibor berilsa, jamoamizda töp bilan eng köp muomala qilgan Otabek Şukurovdir. Unga jamoadoşlari eng köp (42) marotaba töp uzatişgan va Şukurov amalga oşirgan paslar (50) öyiça ham eng yaxşi körsatkiçga ega bölib turibdi. Keyingi ikki örinni esa markaziy himoyaçilarimiz egallaşgan.
Bu tabiiy, zero hujumni boşlaşdagi Kuperning rejasi ham şu edi. Markaziy himoyaçilar töpni Şukurovga yetkazib berişlari, Otabek esa, Ahmedov yoki Sidiqov orqali, töpning raqib jarima maydoni tomon yönaltirişga mas'ul bölgandi. Yoki markazda uçburçak hosil qiliş yordamida qanotlarga uzun paslar orqali Raşidov yoki Maşaripovni “topiş” talab etilardi. (Bu rejani birinçi taymda 3-4 marta kördik, aynan yuqori pas orqali Maşaripovni qulay vaziyatga çiqarişga urinişdi)
Ammo Şukurovning paslari manziliga qarasak reja umuman işlamaganini köramiz. U eng köp paslarni Krimets va Ismoilovga (10 tadan) uzatgan. Ya'ni Şukurov özi qabul qilib olgan paslarni qariyb yarmini orqaga, markaziy himoyaçilarga qaytarişga majbur bölgan. Umuman Şukurov-Ismoilov-Krimets uçligi jamoamizda eng köp özaro pas berişgani köp narsadan dalolat qiladi. Soliştiriş uçun, Ummon terma jamoasida Holid al Braiki Al Saadiga 23 marotaba töp uzatgan. Şuningdek, Saleh Al Busaidiga ham şunça töp uzatmani amalga oşirgan. Bu futbolçilarning törtovi ham hujum çiziği vakillari hisoblanişadi.
Xullas, Ummonning maydon markazidagi faol pressingi markazimizni “soçib taşladi” deyiş mumkin. Öyinni boşqarişi va asosiy urğu berilişi kerak bölgan Sidiqov va Ahmedov juda yomon öyin körsatişdi. Qarang, ularning maydonda faol ötkazgan vaqtlari 39 va 41 daqiqani taşkil qilyapti xolos. Bu jamoamizdagi 6 va 7-natija bölsa, Ummon futbolçilari bilan soliştirganda, ularning 9 futbolçisidan yomon körsatkiç qayd etişgan.
Uçinçi kuzatuv: Odil Ahmedovning bizning Pogbami?
Ahmedovning mahoratiga şubha yöq, aynan uning goli yakunda juda muhim bölib çiqdi va mana qatorasiga ikkinçi turnirda Odilning goli biz uçun Osiyo kubogini oçib bermoqda. Ammo aynan Kuperning taktikasida u öziga topşirilgan vazifalarni bajara olyaptimi, bu boşqa masala.
Yuqorida aytilganidek, Ahmedov töp raqibning nazoratida bölib turgan paytda juda faol böla olmadi. Raqib futbolçilari safida eng köp töp uzatiş (23) aynan uning zonasida harakat qilayotgan ikki futbolçi tomonidan amalga oşirildi. Va töp bizning vakillarda bölib turganda ham özini kam taklif qildi: töp qabul qiliş böyiça ham, uzatiş böyiça ham 6-körsatkiç. Raqibning markaziy yarim himoyaçilari bu borada ikki barobar yaxşiroq natija qayd etişgan.
Albatta, bu yerda gap Odilning özida ham emas. Masalan, dunyoning maşhur futbolçilaridan biri Pol Pogbaning öyini va pozitsiyasi juda köp munozara qilinadi. U Mourino paytida yaxşi öyin körsata olmadi. Agar terma jamoamiz bilan soliştirsak, Şukurov (Matiç) va Sidiqov (Errera) bilan uçlikda u özini komfort his qila olmadi. Mourino taktikasida yuqori pressing bölmagani uçun Pogba töpsiz qolganda juda katta zonani yopişi kerak bölgan, bu birinçidan. Ikkinçidan esa, Errera yetarliça jismonan baquvvat emas, Matiç tezkor emas. Natija bu futbolçilar Pogbaning kamçiliklarini köpinça yopa olişmasdi.
Fransiya terma jamoasida esa, u bilan Kante va Matiyudi harakat qiladi. Farqni sezgan bölsangiz kerak. Har ikkisi ham futbolça terminda “qopağon kuçuk” ta'rifiga mos keladi. Pogba esa, ular bilan özini erkin his qiladi, yaratuvçanlik bilan köproq şuğullanadi.
“Mançester Yunayted”ga Sulşer kelgaç, fransiyalik futbolçi yana “oçila” boşladi. Öşa şeriklar bilan bölsa-da, endi Pogba foydaliroq bölyapti, çunki “MYu” faol va yuqori pressingda öynamoqda, zonalarda köpçilik bir biriga yaqin töp suryapti, töpni nazorat qilişga harakat qilyapti. Bunday sxemada Pogbadan raqib ortidan köp yuguriş talab etilmaydi.
Kuperning uslubi köproq Mourinoga öxşab ketişi hisobga olsak, bir tarkibda ham Sidiqov, ham Ahmedovning bölişi u qadar töğri yeçim bölmasligi mumkin. Nazarimda, buni Kuper ham tuşunib yetgan, şunçaki, Ummondan bu qadar qarşilik kutmagan bölişi mumkin. Biz yo töpni köproq nazorat qilişimiz yoki Sidiqov va Ahmedovlardan faqat birini asosiy tarkibda tuşirişimiz töğriroq bölişi mumkin.
Katta ehtimol Turkmaniston bilan ham ayni taktikani körarmiz, ammo Yaponiya yoki Avstraliya bilan öyinlarda tayanç yarimhimoyaçi hisobiga Sidiqovni zaxiraga olinadi. Ana şundagina Odilning “qöli sal böşab”, köproq hujum taşkil qilişga e'tibor qaratiş imkoniyatiga ega böladi, Kuper Javohirga qançalik işonmasin, katta öyinlarda Odilning tajribasi köproq yordam berişi şubhasiz.
Törtinçi kuzatuv: Hujum uçligimiz öyindan butunlay uzib qöyildi.
Nafaqat Bikmayev, balki Sardor Raşidov ham töp bilan köp muomala qila olmadi. Marat atigi 16, Raşidov esa, 18 daqiqa maydonda faol daqiqalarga ega böldilar xolos. Bikmayev atigi 6 marotaba töp bilan muomala qildi va şeriklariga töp oşirdi, Raşidovning körsatkiçlari undan ham kam – faqat 4 marta Sardor şeriklaridan töpni qabul qilib oldi. Asosiy urğu qanotlarga qaratilgan bir reja bölganini taxmin qilsak – juda yomon.
Albatta, yuqorida aytilgani kabi, bu yerda yarim himoya çiziğining ham ta'siri bor. Buning ustiga Kuper vingerlarimizga imkon qadar kengroq öynaşni aytgani sezildi. Lekin nazarimda, maydon markazida son jihatidan ustunlik qila olmayotgan paytimizda, ularning imkon qadar markazga va jarima maydoniga yaqin harakat qilişlari, Bikmayevni quvvatlab, şu bilan birga qanot himoyaçilarimizga zonalar oçib berişlari lozim edi. Ammo bu reja iş bermadi va ikki qanot öyinçimiz ham samarali böla olmadilar.
Beşinçi kuzatuv. Şomurodovning goli faqat individual mahorat samarasi emas.
Köpçilik, jamoamiz öyini öta ğarib çiqqanini ta'kidlaş barobarida, gollar futbolçilarning individual mahorati evaziga urilganini aytib, ğalabani yanada kamsitişga harakat qilmoqdalar. Töğri, Kuperning juda köp rejalari öşa kuni işlamadi, lekin e'tibor qaratsa böladigan ijobiy jihatlar ham bor. Zero, hal qiluvçi gol 2-taymda maydonga tuşirilgan ikki futbolçi tomonidan “yaratilsa”, murabbiyning topqirligini e'tirof etişga majburmiz.
Gap faqat topqirlik emas, çunki har birimiz maydonga aynan mana şu futbolçilar tuşişi mumkinligini bilib turgandik. Keyin, köpinça, zaxiradagi futbolçilar öyinni hal qilsa, aslida murabbiyning kimni maydonga zaxiradan tuşirişni topgani emas, aksinça, asosiy tarkibni notöğri tanlaganini aytuvçilar ham bor. Lekin Ummon bilan öyinda futbolçilarimizning aynan qaçon va qay tariqa öyinga taşlangani e'tiborga molik.
Avvaliga eng passiv bölgan Raşidov örnini Hamdamov egalladi. Esingizda bölsa, aynan Hamdamovning çiqişi öng qanotimizni faollaştirib yubordi. Jamoamiz tomonidan ilk çiroyli hujumni ham Hamdamov gol bilan yakunlaşi mumkin edi, faqat darvozabon mahorati Ummonni qutqarib qoldi. Verbekning xatosi bu xavfni öz vaqtida payqamay, çap qanotga yaqinroq töp surgan Al Xajri örniga Muhsin Al Gassanini tuşirib yubordi. Hamdamovning faolligi esa, raqib boşqa yöl izlaşiga, yarimhimoyaçilarning köproq öng qanotimizga e'tibor qarata boşlaşlariga sabab böldi.
Şu örinda Kuperning ikkinçi yurişi masalani hal qildi. U qisqa vaqt oraliğida tezkor va tetik bölgan Aliboyev va Şomurodovni maydonga tuşirdi va e'tibor bergan bölsangiz, har ikki futbolçi çap qanotga yaqin öynay boşladi. Bu xavfni sezib Ummon joylaşuvni va vazifalarni yangidan taqsimlagunça, gol yuzaga keldi.
Esingizda bölsa, Qatar-2011 yildagi dastlabki öyinda avvaliga Ahmedov uzoq masofadan hisobni oçgan, keyin esa, xuddi Ummonga urilgan 2-golga öxşaş vaziyatda faol pressing amalga oşirgan vakillarimiz töpni egallab olib, hisobni oşirişgandi. Öşanda heç kim gollarning individual mahorat yoki raqib xatosi yordamida yuzaga kelmaganini aytmagan, çunki jamoa ança hujumkor, kombinatsion futbol namoyiş etgandi.
Ummonga qarşi öyinda gollarning qanday urilganiga urğu berilişi va individual mahorat haqida köp gapirilişining asosiy sababi şu farq tufayli, ya'ni boşqa vaziyatlarda raqiblarimiz öylangan çiroyli hujumlar amalga oşira olmagani tufaylidir. Ammo insof bilan aytganda, ğalaba qozonişimizda, ayniqsa, sönggi daqiqalardagi öyin Kuperning qarorlari natijasida yuzaga kelganini ham tan oliş kerak.
Oltinçi kuzatuv: Kerak bölganda vaziyatni nazorat qilişning uddasidan çiqa oldik.
Umumiy kartinada va körsatkiçlar bobida Ummon juda katta ustunlik körsatgani aniq körinsa-da uçraşuvning borişi va ssenariyga ham qarasak, biroz boşqaça xulosalar ham olişimiz mumkin böladi.
Ummonning eng katta ustunligi 2-taymning birinçi 15 daqiqasiga töğri keladi. Öşa davrda Ummon 80 foiz töpni nazorat qilib turdi. Keyingi 15 daqiqalikda, Ummon hisobni tenglaştirgunça bölgan davrda ham deyarli şu körsatkiç. Hisob bizning foydamizga hal bölib turganida biz köproq himoyaga yotib oldik, teng bölganda esa, raqibning ustunligi sezilmadi.
Masalan, sönggi 15 daqiqani olaylik. Ummon hisobni tenglaştirdi, oxirgi yarim soatda katta ustunlik bilan töp surayotgandi. Odatda bunday vaziyatda bosim yanada davom etar kuçayardi. Lekin aynan hisob tenglaşgaç, futbolçilarimiz taşabbus körsata boşladilar. Hisob tenglaşgan vaziyatdan Şomurodov gol urgunça, ya'ni 70-85 daqiqalar oraliğida töp nazorati böyiça ham ustunlikka ega böldik. Himoyada ham körsatkiçlarimiz yaxşilandi, raqibga deyarli xavfli vaziyat taqdim etilmadi.
Yettinçi kuzatuv. Jamoamiz ötkir öynaşga harakat qilmoqda.
Töpni nazorat qilişning uddasidan çiqa olmagan bölsak-da, Kuperning körsatmalaridagi asosiy jihatni payqaş mumkin. Futbolçilarimiz öyin davomida 11 marotaba “keskir uzatma”ni amalga oşirdi. Ummonda bu körsatkiç 14. Agar raqib töpga köproq egalik qilgani va umumiy paslar böyiça ikki barobar köp raqamga ega bölganiga e'tibor qilsak, Özbekiston yanada dangalroq harakat qilgani va imkon qadar tezroq vaziyat yaratişga uringanini körişimiz mumkin. Bu borada Javohir Sidiqovni maqtaş kerak, u 4 marotaba ötkir pas bergan va undan 2 tasi şeriklariga aniq yetib borgan.
Bu juda yaxşi holat. Çunki kuçliroq terma jamoalarga qarşi imkoniyatimiz yanada kamayadi. Bunday vaziyatda ötkir öynaş futbolçilarning asosiy vazifasi ekani asqotişi mumkin. Ya'ni xavfli vaziyat va gollar yaratiş uçun katta ustunlikka ega bölişga ehtiyoj sezmayapmiz. Ummon bizdan köra juda köp zarba bergan bölsa-da, aniq zarbalar böyiça ham ustunlik katta emas – 3 ga 5. Ya'ni hozirça yöqdan vaziyat yaratiş va foydalaniş böyiça yomon emasmiz. Aynan Kuper tarğib qiladigan uslub uçun juda muhim talab bu.
Va yana bir jihat, işoniş qiyin, ammo fakt, futbolçilarimiz dribling borasida Ummonni ikki barobardan (12 ga 5) köproq ustunlik bilan ortda qoldirişdi. Sidiqov, Maşaripov, Raşidov va Zoteyevlarda 2 tadan dribling bor. Va albatta, Şomurodovning “oltin driblingi”!
Sakkizinçi kuzatuv: Himoya
Ignatiy Nesterov. Sözsiz, uçraşuvning eng yaxşi futbolçisi böldi. Raqibning beş zarbasini qaytardi va ayniqsa, 2 tasini öta xavfli zarba deyişimiz mumkin. Öyin asosan jarima maydonimizda keçganini ham e'tiborga olsak, xato qilmaganini ham uning plyusiga yoziş mumkin.
Akmal Şorahmedov va Zoteyev. Qanot himoyaçilarimiz ayniqsa, hujum taşkil qilişda işonçni oqlay olişmadi. Yarimhimoyada son jihatdan ustunlik qiliş uçun oldinga çiqqan paytlarda ham, raqib qarşi hujumlariga ulgurmay qolişdi. Butun öyin davomida har ikki futbolçi atigi 1 tadan kross amalga oşirişdi xolos. Töp yöqotişlar böyiça esa, Akmal nafaqat terma jamoamiz safida, balki umuman öşa kuni maydonga tuşgan futbolçilar içida yetakçi böldi – 6 ta.
Markaziy himoyaçilarimizga e'tiroz kamroq. Xususan Ummonning qanotdagi aktivligi hisobiga jarima maydonimizga juda köp krosslar amalga oşirildi. Qarang, 37 krossdan atigi 4 nafari muvaffaqiyatli çiqdi, boşqa vaziyatlarda Ismoilov, Krimets va ba'zida Şukurovlar yaxşi öynaşdi. Lekin ikki öta xavfli vaziyat aynan yuqori qavatdagi kuraşlar natijasida yuzaga kelganini ham ta'kidlaş kerak, albatta.
Krimetsning sönggi daqiqadagi qarori esa, albatta, juda töğri böldi. Buni hatto PIm Verbek ham çin ma'noda olqişladi. Öyindan keyingi matbuot anjumanida, u şogirdlari haqida fikr yuritar ekan, Krimetsning nima qilib bölsa ham, raqibni töxtatib qolişga harakat qilganini namuna sifatida keltirdi.
XULOSA
Öyinga tanlangan reja, raqibning töliq örganilmagani, örtoqlik öyinlari taşkil qilinmagani tufayli, futbolçilarda paydo bölişi mumkin bölgan yengil hayajon hisobga olinmagani borasida jiddiy e'tirozlar bor. Kuperni, umuman terma jamoani faqat uç oçko qölga kiritilgani qutqarib qoldi xolos, zero nursiz öyin körsatilganda faqat ğalaba qozonibgina, özini oqlaş mumkin. Hozirça Kuperni oqlaş mumkin bölgan yagona asos mana şu.
Kuper futbolçilardan norozi bölişi, uning körsatmalari aniq bajarilmagani yoki aslida işlaş kerak bölgan reja ijroçilar tufayli “proval”ga uçraganini aytişi, öylaşi mumkin. Ammo bilasizmi, şogirdlarining nima qölidan keliş yoki kelmasligini aniqlaş va aynan ularning salohiyati va imkoniyatiga qarab reja tanlaş, işlab çiqiş ham bevosita murabbiyning vazifasidir.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi