Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov endi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasiga ham raislik qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 yanvardagi 32-sonli qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2018 yil 5 iyuldagi 507-son qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qaror muvofiq endi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi Kuzatuv kengashiga O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri raislik qiladi.
O‘z navbatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududiy Jamoat kengashlari raislari etib belgilanib, ularning sport inshootlarida qurilish-montaj ishlarining borishi va ularning o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishi bo‘yicha shaxsiy javobgarliklari oshirildi.
Shu bilan birga, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan sport obektlarini qurishda rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va respublika hududlarida quriladigan obektlar loyihalariga tatbiq etish maqsadida jamg‘arma hamda qurilish va loyiha tashkilotlarining malakali mutaxassislari xorijiy davlatlarga yuboriladi, shuningdek tajriba almashish uchun xorijdan mutaxassislar jalb etiladi.
Ma'lumot uchun: Jamg‘arma mablag‘lari xayriya tashkilotlari, xususiy tadbirkorlar, jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan o‘tkaziladigan homiylik o‘tkazmalari, Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan shakllantiriladi.
Mavzuga oid
22:53 / 13.04.2026
Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishini ma’lum qildi
19:13 / 07.04.2026
Futbol bo‘yicha Superliga o‘yinlari soat 19:00 dan keyin belgilanishi mumkin
19:12 / 07.04.2026
Oliy sport mahorati maktablari o‘rniga «Olimpiya terma jamoalari markazi» tashkil qilinadi
18:34 / 07.04.2026