Yiğilişda har bir vazir, tarmoq va bank rahbari, viloyat, tuman hokimi xodimlari sport bilan şuğullanişi uçun özi namuna bölib, şaroitlarni kengaytirişi şartligi körsatib ötildi.
Mazkur jarayonda haftada bir kun sport kuni sifatida belgilanişi, bu kunda vazirlik, idora va taşkilotlarda sport maşğulotlari ötkazilişi belgilandi. Agar sport zali bölmasa, sport bazalari yoki federatsiyalar bilan şartnoma tuziş, kamida 4 ta sport turi böyiça yiliga 2 marta musobaqa taşkil qilib, ğoliblarni taqdirlaş topşirildi.
Joriy yildan boşlab har yili vazirliklar, tarmoqlar, banklar va hokimliklar örtasida respublika birinçiliklari ötkazilişi belgilandi.
Xususiy sektordagi mehnat jamoalarida ham ommaviy sportni rivojlantiriş böyiça qöşimça imkoniyatlar yaratiladi.
Tadbirkorlar öz işçi-xodimlari uçun sport zali, maydonçasi quriş va jihozlaş uçun qilgan xarajatlari foyda soliği bazasidan çegiriladi, jalb qilingan trenerlar uçun daromad soliği va ijtimoiy soliq 1 foiz böladi.
«Mahalla – maktab – sport muassasasi – federatsiya» zanjiri asosida aholini sportga jalb qiliş va seleksiya böyiça yangiça yondaşuv joriy qilinadi.
Oliygoh rektori, federatsiya rahbarlari va hokimlar örtasida uç tomonlama şartnoma tuziladi. Bunda hokimlar hududidagi maktab, texnikum va boşqa sport obektlarida darsdan taşqari vaqtda sport tögaraklari taşkil qiliş uçun şaroit yaratadi.
Mutasaddilarga 9 mingta mahallani 26 ta federatsiya rahbarlariga boğlab, maktablardagi tögaraklarni zarur sport anjomlari bilan jihozlaş topşirildi.
Sport yönalişidagi oliygohlarning 2- va 3-kurs talabalari yarmini, 4-kursdagilarning esa barçasini dual ta’lim bilan qamrab olib, murabbiylik qiliş uçun tögaraklarga yuboriş muhim ekani qayd etildi. Bunday talabalarga avtomatik ravişda murabbiylik sertifikati beriladi.
Talabalar haftada uç kun oliygohda öqisa, qolgan kunlarda özi biriktirilgan maktablardagi tögarakka borib, yoşlarni şuğullantiradi. Sport tögaraklaridagi tuşumning 50 foizi murabbiy talabaning öziga beriladi.
Şuningdek, dual ta’lim bitiruvçilariga diplom bilan birga hakamlik sertifikatini beriş ham yölga qöyiladi.
Umuman, Sport vazirligi va hokimlar oldiga joriy yilda yangi tizim orqali sport bilan doimiy şuğullanuvçilar sonini 2 karra oşirib, 1 million nafarga yetkaziş vazifasi qöyildi.













