IIBB boshlig‘i: Toshkentdagi ichki ishlar bo‘limlariga bir kunda 2500 dan ortiq fuqaro olib kelinardi
15 yanvar kuni Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev ishtirokida OAV xodimlari bilan brifing bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 2018 yil yakunlari bo‘yicha ma'lumotlar berildi.
Rustam Jo‘rayevning ma'lum qilishicha, bugungi kunda ichki ishlar xodimlariga maxsus xizmat telefonlari berilmoqda. Shartli ravishda IIBBPhone deb nomlangan telefonda 4 ta asosiy dastur bor:
1. Biror shaxsga oid ma'lumotlarni tekshirish;
2. Avtomobillarga oid ma'lumotlarga (o‘g‘irlik, jarimalar, davlat raqamlari) aniqlik kiritish;
3. Ichki ishlar xodimining aniq joylashgan joyini kuzatib borish;
4. Xodimlarning o‘zaro aloqasi uchun maxsus Telegram kanal.
- Qurilmaning qulayligi shundaki, yaqin-yaqingacha ham Toshkent shahri bo‘ylab bir sutkada ichki ishlar idoralariga shaxsni tasdiqlash va turli boshqa masalalar bo‘yicha 2500 dan ortiq fuqarolar olib kelinardi. Telefondagi dasturlar orqali fuqarolarga oid ma'lumotlar darhol, o‘sha joyning o‘zida aniqlanadi va hech kim asossiz bo‘limga olib kelinmaydi. Shu bois, bo‘limlarga olib kelinayotgan odamlar soni hozir 500 kishidan oshmayapti – dedi IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024