23:30 / 16.01.2019
37328

«Nasonal» Rashidov transferini e'lon qildi

Portugaliyaning «Nasonal» klubi O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Sardor Rashidov transferini e'lon qildi.

«Lokomotiv»ning sobiq futbolchisi yangi klubi bilan 2,5 yillik shartnomani imzoladi.

«Nasonal» klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Rashidovda Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA klublaridan taklif bo‘lgan. Ammo u Yevropada to‘p tepishga qaror qilgan.

Ma'lumot o‘rnida, Sardor Rashidov faoliyatida «Bunyodkor», Qatarning «Al-Jayish», BAAning «Al-Jazira» klublarida ham o‘ynagan. O‘zbekiston terma jamoasi safida 46ta o‘yinda maydonga tushib, 12ta gol urgan.

Madeyra orolining «Nasonal» klubi Portugaliya chempionatining 17 turidan so‘ng, 19 ochko bilan 18ta jamoa ichida 12-o‘rinni egallab turibdi.

Top