O‘zbekiston | 14:30 / 16.01.2019
14883
1 daqiqa o‘qiladi

«Qamchiq» dovonida avtotransport vositalari harakati tiklandi

Avval xabar qilinganidek, 2019 yil 15 yanvar kuni soat 19:00da A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining «jn» dovonida qor ko‘chkisi xavfi bo‘lganligi sababli dovonda avtotransport vositalarining harakati to‘xtatildi.

2019 yil 16 yanvar kuni «Qamchiq» dovonining xavfli qiyaliklaridagi qor qatlamlari FVV, MV, IIV, «O‘zgidromet» markazi va «O‘zavtoyo‘l» davlat qo‘mitasi, kuch va vositalari tomonidan majburan tushirilib, avtomobil yo‘li qor ko‘chkilaridan tozalandi.

«O‘zgidromet» markazining qor ko‘chkisi mavjud emasligi to‘g‘risidagi byulleteniga asosan, «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘li «Qamchiq» dovonida joriy yilning 16 yanvar kuni kuni soat 11:05dan avtotransport vositalarining ikki tomonlama harakati yo‘lga qo‘yildi.

Mavzuga oid