O‘zbekiston | 17:40 / 15.01.2019
26427
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovoni harakatlanish xavfsizligini ta'minlash maqsadida vaqtincha yopildi

Foto: FVV

O‘zbekistonning boshqa mintaqalarini Farg‘ona vodiysi bilan Qamchiq dovoni orqali bog‘lovchi yagona yo‘li noma'lum muddatga yopildi. Bundan ko‘zlangan maqsad, Qamchiq dovonida harakatlanish hamda fuqarolar xavfsizligini ta'minlashdir. Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, «O‘zgidromet»ning ob-havoga doir taqdim etgan ma'lumotnomasidan keyin shunday qarorga kelingan. 

Vazirlik xodimining bildirishicha, ayni vaqtda yo‘llarni tozalash ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, avtomobil yo‘lining qachon ochilishi ham hozircha noma'lum.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid