Osiyo Kubogi. Javohir Sidiqov – guruh bosqichida eng ko‘p xavfli vaziyat yaratgan o‘zbekistonlik futbolchi
Osiyo Kubogida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasining eng yosh a'zosi – Javohir Sidiqov guruh bosqichining har uchala bahsida ham boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan uch futbolchidan biri bo‘ldi. U Ektor Kuper qurayotgan jamoaning markaz chizig‘ida eng asosiy ijrochilardan biriga aylangan. Buni quyidagi fakt ham tasdiqlaydi: ortda qolgan uchta o‘yinda Sidiqov barchadan ko‘p – 5 marta xavfli vaziyatni yuzaga keltirdi (Masharipov, Shomurodov va Hamdamovda bu ko‘rsatkich – 4 marta).
Sidiqov 2018 yil mart oyida Marokashga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida milliy terma jamoadagi debyutini nishonlagan edi. Kuper uni ilk yig‘iniga chaqirmagan bo‘lsa-da, oxirgi 6ta o‘yinning barchasida asosiy tarkibda maydonga tushirdi. U MTJ libosidagi o‘ninchi o‘yinida – Turkmanistonga qarshi bahsda dastlabki golini urdi.
Tas-IX
YouTube
Javohir milliy jamoaga kelgunga qadar U-17, U-19 va U-23 termalarida to‘p surib keldi. U 2012 yilda Dilshod Nuraliyev qo‘l ostidagi o‘smirlar termasida, 2018 yilda esa Ravshan Haydarov murabbiyligidagi olimpiya terma jamoasi safida Osiyo chempioni bo‘ldi; 2013 va 2015 yillardagi jahon chempionatlarida ishtirok etdi.
Iqtidorli yarimhimoyachining klubdagi faoliyatiga to‘xtalsak, avvalo u «Paxtakor» akademiyasi tarbiyalanuvchisi ekanini ta'kidlash kerak. Ilk ustozi – Dilshod Nuraliyev. Sidiqov 2016 yilda «Qo‘qon-1912»ga o‘tgunga qadar «sherlar»ning zaxira tarkibida Yoshlar ligasida o‘ynab keldi. Oliy ligada 2016 yilgi mavsumning birinchi davrasidagi ikki uchrashuv oxirrog‘ida zaxiradan maydonga tushish bilan debyut qildi. O‘sha yilning yozida ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istayotgan Javohirni No‘mon Hasanov Qo‘qonga taklif qilgach, ijara asosida ushbu klub tarkibiga qo‘shildi va tez orada o‘zini ko‘rsatib, jamoaning asosiy tarkib futbolchisiga aylandi.
Javohir Sidiqov 2017 yil yozida «Paxtakor» bilan shartnoma muddati tugagach, erkin agent sifatida «Qo‘qon-1912» bilan bitim imzoladi. Keyingi vaqtlarda u klubining asosiy pleymeykeriga aylangan. Ammo 22 yoshli futbolchi keyingi mavsumni ham Qo‘qonda o‘tkazishi ehtimoli ancha kam: ma'lumotlarga qaraganda, Sidiqovga arab jamoalaridan tashqari Yaponiya va Janubiy Koreyaning yetakchi klublari ham jiddiy qiziqish bildirishmoqda.
Mavzuga oid
18:15 / 24.10.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston so‘nggi 8 yildagi eng yaxshi natijasini qayd etdi
16:51 / 16.10.2024
O‘zbekistonning JCh-2026ga borish imkoniyati keskin oshdi – We Global Football
21:06 / 15.10.2024
JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston 10 kishi qolgan BAAni penaltidan kiritilgan gol evaziga mag‘lub etdi
14:53 / 15.10.2024