Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda 126 nafar harbiyning o‘limiga sababchi bo‘lgan terrorchi o‘ldirildi
Foto: STR/AFP/Getty Images
Afg‘onistonda Vardak viloyatidagi harbiy kompleksga uyushtirilgan hujum ortida turgan toliblar qo‘mondoni yo‘q qilindi. Bu haqda Reuters ushbu mamlakatning razvedka faoliyati olib boruvchi maxsus xizmati - Milliy xavfsizlik direktoratiga (MXD) asosan xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, bu shaxs 22 yanvar, seshanba kuni kechqurun yuz bergan aviahujum vaqtida o‘ldirilgan. Jangarining to‘liq ismi ko‘rsatilmagan. «Noman, yetti kishi bilan birga, MXD xodimlari uni aniqlaganidan keyin nishonga olindi», - deyiladi bayonotda. Shuningdek, unda ko‘rsatilishicha, maxsus xizmat terrorchilarni ta'qib etish va yo‘q qilishni davom ettirish niyatida.
Agentlikning qayd etishicha, «Tolibon» harakati qo‘mondon o‘limini tasdiqlamagan.
Vardak viloyatida xavfsizlik kuchlari bazasiga hujum 21 yanvar kuni sodir bo‘ldi. O‘shanda Afg‘oniston Mudofaa vazirligidagi manbalar harbiy mashg‘ulot markazidagi portlash oqibatida 126 kishi halok bo‘lganini ma'lum qilishdi. Shu bilan birga, rasman 36 kishi halok bo‘lgani va 58 inson jarohat olgani xabar berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV «Tolibon» asoschisining o‘g‘li o‘ldirilgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
13:36 / 10.03.2026
AQSh BMTning Afg‘onistonga yordamini qayta ko‘rib chiqishga erishmoqchi
22:54 / 05.03.2026
Pokiston-«Tolibon» mojarosi: ular nimani bo‘lisha olishmayapti?
21:02 / 01.03.2026
Afg‘oniston Pokiston bilan to‘qnashuvlar davomida 400 nafardan ortiq harbiylarini yo‘qotdi
21:59 / 28.02.2026