Jahon | 20:25 / 23.01.2019
25426
2 daqiqa o‘qiladi

Oy tutilishi vaqtida unga meteorit tushgani qayd qilindi

21 yanvarda Oy tutilishi vaqtida uning ko‘rinuvchi tomonining g‘arbiy qismiga meteorit tushgan. Bu haqda Reddit foydalanuvchisi ma'lum qildi. 

Foydalanuvchi mutaxassislarga bu holatni o‘rganishlarini so‘rab murojaat qilgan. Internetda, shuningdek, meteoritning Oy sirtiga tushishi lahzasi qayd qilingan videorolik paydo bo‘lgan. 

Meteorit Byurgi krateri yaqiniga tushgan. Uni Oy tutilishini kuzatgan ko‘pchilik payqagan. Biroq ular aynan nima yuz berganini anglay olishmagan.

Mutaxassislar hodisaga izoh berib, xavotirlanish uchun asos yo‘qligini va yiliga Oyda diametri 10 metrdan kattaroq bo‘lgan 140 ga yaqin yangi meteorit krateri paydo bo‘lishini aytishgan.

Shu bilan birga Oy tutilishi vaqtida unga meteorit tushishini ilk bor qayd qilishga muvaffaq bo‘lindi.

Meteoritlar Oy sirtiga atmosferasi yo‘qligi sababli tez-tez tushib turadi. Bunda samo jismlari tushishidan hosil bo‘luvchi kraterlar Oy sirtida millionlab yil saqlanib qolishi mumkin.

Mavzuga oid