O‘zbekiston | 11:54 / 24.01.2019
7412
2 daqiqa o‘qiladi

Mehmonxonalarda kafolatlangan va kafolatlanmagan bronlash tushunchasi joriy etiladi

Foto: Depositphotos

O‘zbekiston Respublikasi hududida mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatishning namunaviy qoidalari loyihasi muhokama qilinmoqda, deb yozadi Norma

Qayd etilishicha, u 2019–2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2019 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan. 
 
Qoidalar mehmonxona biznesini rivojlantirishga oid so‘nggi tendensiyalarni hisobga olgan holda tuzilgan.
 
Xususan, kafolatlangan va kafolatlanmagan bronlash tushunchasi joriy etilmoqda. Birinchi holatda mehmonxona ahdlashuvda shartlashilgan muddatda kirib kelmagan paytdan boshlab yana bir sutka mehmonni kutadi. To‘g‘ri, bo‘sh turganlik uchun haq to‘lashga to‘g‘ri keladi.
 
Tashrif buyuruvchilarni ro‘yxatga oluvchi yangi tizim – e-mehmon joriy etilishi bilan bog‘liq o‘zgartirishlarni kiritish taklif qilinmoqda. Ushbu tizimdagi ma'lumotlar belgilangan tartibda undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘im miqdorini hisoblash uchun asos bo‘ladi.
 
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid