Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Pekinda «yadroviy beshlik» uchrashuvi o‘tkazilishini tasdiqladi
XXR Tashqi ishlar vazirligi (TIV) vakili Xua Chunin Pekinda «yadroviy beshlik» (Rossiya, Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya) uchrashuvi bo‘lib o‘tishini tasdiqladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Uning aniqlik kiritishicha, tomonlar yadroviy qurolsizlanish, yadro qurolini tarqatmaslik va tinch maqsadlarda yadroviy texnologiyalarni qo‘llash masalalarini muhokama qiladi.
«Men shuni tasdiqlashim mumkinki, haqiqatdan ham, yadro quroliga ega beshta davlatning uchrashuvi 30 yanvar kuni Pekinda bo‘lib o‘tadi», - deya ta'kidlab o‘tdi Chunin.
Ta'kidlanishicha, tadbirda 30-31 yanvar kunlari Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov va AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Andrea Tompson ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh yadro qurolidan Rossiya va Xitoyni tiyib turish uchun foydalanmoqchi ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026