Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tsukerberg hamkorlari bilan uy-joy inqiroziga qarshi kurashga 500 mln dollar ajratadi
Xayriya jamg‘armalari va kompaniyalar San-Fransisko ko‘rfazidagi Bay Area tumanidagi uy-joy inqirozi bilan kurashga 500 mln dollar ajratadi. Bu haqda The Partnership for the Bay’s Future tashkiloti bayonotida aytilgan.
Ushbu loyihani Mark Tsukerburg va uning rafiqasi Prissilla Channing Chan Zuckerberg Initiative jamg‘armasi, Facebook, HP asoschilari jamg‘armasi va boshqalar qo‘llab-quvvatlagan. Tashkilot 260 mln dollar olib bo‘ldi. Bu pullar keyingi 5-10 yilda 8 mingta uyni saqlash va qurish uchun ishlatiladi.
WSJ nashrining tushuntirishicha, jamg‘arma Kremniy vodiysida va yaqin oradagi hududlardagi muammolarni hal qiladi. Texnologik kompaniyalar xodimlari maoshi yuqoriligi sababli hududda uy-joy qimmatlashmoqda va oddiy aholi, misol uchun, o‘qituvchilar, ofitsiantlar va hamshiralar uchun erishib bo‘lmaydiganga aylanmoqda. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 2010 yilda hududda 700 mingta yangi ish o‘rni, biroq bor-yo‘g‘i 100 ming uy-joy paydo bo‘lgan.
The Partnership for the Bay’s Future’ning hisob-kitobiga ko‘ra, San-Fransiskoda soatiga 15 dollar ish haqi oluvchi ikki kishi yiliga umumiy hisobda 62 ming dollar ishlab topadi. Bunday maosh bilan ular hududning faqatgina 5 foizidagina uy sotib olishlari mumkin.
16 yanvarda shunday tashabbusni Microsoft e'lon qildi: kompaniya Sietldagi uy-joy muammosini hal qilishga 500 mln dollar sarflaydi.
Mavzuga oid
08:40 / 10.06.2025
San-Fransiskoda deportatsiyaga qarshi 60 nafar namoyishchi qo‘lga olindi
10:59 / 17.12.2023
Yer ostida joylashgan va eng ko‘p o‘lik ko‘milgan shaharlar – dunyoning g‘ayrioddiy maskanlari
10:39 / 01.07.2023
San-Fransiskoda 104 ming dollar yillik daromad kam deb belgilandi
21:28 / 26.07.2022