Yer ostida joylaşgan va eng köp ölik kömilgan şaharlar – dunyoning ğayrioddiy maskanlari
|15:59 / 17.12.202351 36714 min
San-Fransisko yaqinidagi şaharçada atigi 1500 kişi yaşaydi, lekin u yerda 1,5 mln ölik kömilgan. Avstraliyadagi şaharça esa butunlay yer ostida joylaşgan, hattoki uning qabristoni ham. Alyaskadagi şaharçada esa barça odamlar 14 qavatli bitta uyda yaşaydi. Xitoydagi daryo böyidagi şaharning eni 400 metr, uzunligi 60 km.
Foto: APFoto: AP
Bugun Yer yuzida ğayrioddiy maskanlar juda köp. Ular orasida tabiat manzaralari, tarixiy joylar bilan birga ğaroyib şaharça va şaharlar ham bor. Ulardan biri özining joylaşuvi bilan, boşqasi zamonaviy bino va inşootlari bilan maşhur.
Quyida Yer yuzidagi eng noodatiy va ğayrioddiy şaharlar reytingida Top-10 talikka kiritilgan şaharlar bilan taniştiramiz.
Yanjin şahri tor darada şunday joylaşgan.
Yanjin (Xitoy)
Bu ğaroyib şahar Xitoyning Yunnan provinsiyasida joylaşgan. Yanjin juda tor şahar bölib, uning eni eng keng joyda 400 metr, tor joyda esa atigi 30 metr. Uzunligi 60 kilometrga çözilgan. Yanjinda qariyb 400 ming odam yaşaydi.
Şahar Tibetda, ikkita toğ tizmasi orasidagi dara böylab oqib ötuvçi Nansi daryosi böyida qurilgan. Yanjinni kengaytirib bölmaydi va şahar dara böylab çözilib ketmoqda.
Nansi qirğoqlari örmon bilan qoplangan tik qiyaliklardan iborat. Şahar qurilişi uçun daryo yoqasida tor yer bor xolos. Öziga xos joy bölgani uçun uylarning barçasi köp qavatli qilib qurilgan.
Daryo mavsumiy yomğirlar paytida tölib oqadi va toşqinlar yuz beradi. Suv kirib ketişining oldini oliş uçun uylar beton ustunlar ustiga qurilgan. Biroq istisnolar ham bölib turadi va daryo sathi balandroq kötarilsa, uylarning birinçi qavatini suv bosadi.
Doimiy ravişda toşqin xavfi bölişiga qaramasdan Yanjinga köçib keluvçilar köp va şahar kattalaşişda davom etmoqda.
Yanjinga avvallari toğ ustidan oşib keladigan xavfli yöl orqali boriş mumkin edi. Keyinçalik toğni teşib, 2 kilometrlik tunnel qurildi. Şundan söng şahar juda tez sur’atda rivojlanib, kengaya boşladi.
Çonsingdagi eng maşhur binolar majmuasi
Çonsing
Çonsing şahri mamlakatning markaziy qismida, Dalouşan, Uşan va Dabaşan toğ tizmalarining yonbağirlarida, Yangszi hamda Jialingjian daryolari birlaşadigan yerda joylaşgan.
Mavzuga oid
Çonsingga 1929 yilda şahar maqomi berilgan va u 1997 yilda markazga böysunuvçi munitsipalitetga aylantirilgan.
Bu şahar özining köplab osmonöpar binolari bilan ham maşhur. Ayniqsa, 2015–2019 yillar oraliğida qurilgan Rafflz-Siti osmonöpar binolar majmuasi juda maşhur. Uni qurişga qariyb 4 mlrd dollar sarflangan.
Çonqing yana bir sababga köra sayyoramizdagi eng noodatiy şaharlardan biri — u dunyodagi eng katta transport tugunlaridan biri sanaladi. Şaharda eng murakkab 5 darajadagi 20 ta yöl ötkazgiç bor. Dunyodagi arka körinişidagi eng uzun köprik ham Çonsingda qurilgan.
Çonsing dunyodagi eng yirik megapolislardan biri hisoblanadi. Şahar hududi 82 403 km kv bölib, u Avstriya hududi (83 879 km kv) bilan qariyb teng. Çonsingda 32 mln.dan oşiq odam yaşaydi va bu Avstriya aholisidan tört baravar köp. Aholining 65 foizi şaharda, 35 foizi uning atrofida yaşaydi.
Şahar sönggi yillarda juda tez sur’atda ösmoqda. Çonsing çetidagi eski mahallalar buzilib, örniga osmonöpar binolar, köp qavatli uylar, biznes markazlar qurilmoqda.
Çonsingdagi metro köp qavatli uyning örtasidan ötib ketadi.
Çonsingni maşhur qilgan yana bir narsa köp qavatli uyning 6-8-qavatlari oraliğida joylaşgan metro bekati. Monorelsda harakatlanadigan tezyurar poyezdlar töğridan töğri binoning örtasidan ötadi.
Metro yöli qurilişida eng yuqori sifatga ega şovqinni yutuvçi materiallardan foydalanilgani uçun u şovqin çiqarmaydi va aholiga noqulaylik tuğdirmaydi.
2019 yilda Çonsingda 397 ta maşina siğadigan noyob avtoturargoh ham quriladi. Haydovçi maşinani maxsus platformaga joylaştiradi. Platforma vertikal ravişda ma’lum bir burçakka kötariladi va maşina yon tomonga ötadi. Maşinani avtoturargohga bir daqiqada joylaştiriş mumkin.
Xitoyliklarning özlari Çonsingni boşqa sababga köra ğalati şahar deb bilişadi: u mamlakatdagi velosipedçilar yöq yagona megapolis hisoblanadi.
Kuber-Pedidagi uylar şu taxlitda joylaşgan
Kuber-Pedi (Avstraliya)
Bu ğayrioddiy şahar Janubiy Avstraliya ştatida, çölning qoq örtasida joylaşgan. 2023 yil ma’lumotlariga köra Kuber-Pedi şahri aholisi 2 ming kişi atrofida.
Şaharça yer ostida joylaşgan va unda öşa atrofdan opal (şişasimon toş) qazib oliş bilan şuğullanadigan odamlar yaşaşadi. Kuber-Pedi atrofida Yer yuzidagi opal zaxirasining 30 foizi bor. Dunyoda opalning 97 foizi şu yerda qazib olinadi.
Şaharça aholisining turar joylari toğga öyilgan katta ğorlardan iborat. Bunday uylarda suv, kanalizatsiya, elektr, internet va hatto yer osti basseynlari mavjud.
Kuber-Pedi Avstraliyaning yoğingarçilik kam böladigan hududida joylaşgan. Şu sababli içimlik suvi tarmoği boşqa joydan tortilgan.
Noqulay iqlim tufayli Kuber-Pedi joylaşgan hududda yer yuzasida yaşaş juda oğir. Bu yerda havo harorati kunduzlari +45 darajagaça kötariladi va qum böronlari tez-tez sodir böladi.
Yer ostidagi ğor uylarda esa havo ança salqin – örtaça +23 daraja böladi. Bunday qulay haroratda konditsionersiz ham yaşaş mumkin.
Bu noodatiy şaharçada nafaqat uylar, balki butun infratuzilma, savdo dökonlari, mehmonxonalar, maktablar, kutubxonalar, muzey va hatto qabriston ham yer ostida joylaşgan.
Makoko manzarasi
Makoko (Nigeriya)
Nigeriya poytaxti Lagos şahrining asosan qaşşoqlar yaşaydigan yirik kvartali Makoko deb ataladi. Bir paytlar Makoko örnida kiçik baliqçilar qişloği bölgan va uning aholisi Lagosni dengiz mahsulotlari bilan ta’minlagan.
Keyinçalik Lagosdan boşpana topa olmagan qaşşoqlar bu yerga köçib kelaveradi va Makoko aholisi tez sur’atlarda köpayib boraverdi. Endi u Lagosning qaşşoqlar yaşovçi kvartali hisoblanadi.
Makokoning öziga xosligi şundaki, bu yerda barça kulbalar suv ustiga qurilgan. Odamlar transport vositasi sifatida qayiqlardan foydalanadi. Şu sababli uni «Qora Venetsiya» deb ataşadi.
Makokoda odamlar juda yomon şaroitlarda yaşaşadi. Barça çiqindilar va oqova suvlar töğridan töğri dengizga tuşadi. Şu sababli suvdan mudom yoqimsiz hid anqib turadi.
Makokodagi suzib yuruvçi maktab
Makokoning xarobalarida suzib yuruvçi maktablar bor – öqituvçilar qayiqlarda kelib dars berişadi. Şuningdek, qayiqlarda joylaşgan kiçik kafe va sartaroşxonalar mavjud.
Statistik ma’lumotlarga köra, Makokodagi har bir kulbada örtaça 6-10 kişi yaşaydi. Dahşatli antisanitariya holati va tibbiy yordamning yetişmasligi tufayli aholining atigi 5 foizi 60 yoşgaça yaşaydi. Şu sababli u yerda keksalar juda kam.
Rasmiy ma’lumotlarda Makokoning 250 ming aholisi borligi aytiladi. Biroq u yerdagi muammolarning asl kölamini yaşiriş uçun raqamlar kamaytirib körsatilgan bölişi ham mumkin.
Nigeriya ma’murlari atrof-muhitga xavf tuğdirayotganini aytib, Makoko xarobalarni buzişga bir neça bor urinib kördi. Kulbalar örniga muqobil boşpana taklif etilmagani uçun odamlar isyon kötardi. Şunda rasmiylar öz fikridan qaytdi.
Makokodagi ğarib kulbalar Logos şahridagi zamonaviy binolar hamda haşamatli 10 kilometrlik köprik fonida turadi va barçasi birgalikda syurrealistik (yarim reallik, yarim tuş tasvirga şunday ta’rif beriladi) manzara kasb etadi.
Aurovil şaharçasi
Aurovil (Hindiston)
Bu ğayrioddiy şaharça mamlakat janubida, Tamilnad ştatida joylaşgan. Aurovil sözi «tong şahri» ma’nosini anglatadi. U 1968 yilda turli insonlar yaşovçi xalqaro internatsional jamiyatni yaratiş tajribasi sifatida taşkil etilgan.
Aurovildagi odamlar din, siyosat va millatdan ayro holda yaşaydi. Ularga tibbiy yordam, ta’lim va köngiloçar dasturlarning barçasi tekin.
Aurovil ğayrioddiy me’morçiligi va landşafti bilan farqlanadi.
Aurovil Hindiston hududida joylaşgan bölsa ham bu davlatning bir qismi emas. U YuNeSKO tasarrufidagi muxtor birlik hisoblanadi. Ma’lumotlarga köra, u yerda 58 davlatdan kelgan 3 mingdan oşiqroq odam istiqomat qiladi.
Aurovil çölning örtasida qurilgan va şaharça atrofiga 2 mln tupdan oşiq daraxt ekilgan. 2-3 qavatli uylar örmon körinişiga kelib qolgan daraxtlar orasida joylaşgan.
Şaharning eng muhim binosi Matrimandir deb nomlanadi va u oltin plitalar bilan qoplangan şar şakliga ega.
Iroqdagi Al-Amadiya şaharçasi
Al-Amadiya (Iroq)
Al-Amadiya şaharçasi eramizdan 3 ming yil avval, turli balandliklar strategik muhim bölgan davrlarda taşkil topgan. U Iroqning Dahuk viloyatida, 1400 metr balandlikdagi tekis toğ çöqqisida joylaşgan.
Al-Amadiya joylaşgan yerning uzunligi 1 km, kengligi 500 metrni taşkil etadi. Ming yillar davomida şaharça kattalaşmagan, çunki buning mutlaqo iloji yöq. Şaharçada bino quriş uçun joy qolmagani tufayli uning aholisi boşqa joylarga köçib ötişga majbur böladi.
Şaharçada 11 mingdan oşiq odam bor va ular asosan kurd, yahudiy, xaldey (semit til guruhiga kiradi) millatlaridan iborat. Bu yerda musulmonlar, nasroniylar va oz sonli yahudiylar yaşaydi.
Al-Amadiyada farovon hayot uçun zarur bölgan hamma narsa, savdo dökonlari, restoranlar va tibbiy xizmat mavjud. Şuningdek, u yerda mahalliy politsiya idorasi ham joylaşgan.
Şaharçada zamonaviy uylar bilan bir qatorda qadimiy Ossuriya davridan qolgan binolarning xarobalari saqlanib qolgan.
Dengiz sathidan 5100 metr balandlikda joylaşgan La-Rinkonada şahri
La-Rinkonada (Peru)
La-Rinkonada dengiz sathidan 5100 metr balandlikda söngan vulqon lavalari ustida joylaşgani uçun köpçilik uni yer yuzidagi dözax deb ataydi.
La-Rinkonada dunyodagi dengiz sathidan eng baland yerda joylaşgan şahar hisoblanadi. Balandlikda atmosferada kislorod juda siyrak bölgani uçun u yerda nafas oliş juda qiyin.
Bundan taşqari, u yerda iqlim juda noqulay. Yozda köp yomğir yoğadi, qiş esa juda quruq ötadi. Şaharda örtaça yillik harorat +1 darajani taşkil etadi.
La-Rinkonadada kanalizatsiya tizimi yaxşi rivojlanmagan. Çiqindilarni olib çiqiş bilan boğliq muammolar bor. Sanitariya qoidalariga amal qilinmaydi. Şu sababli şaharda har doim yoqimsiz hid taralib turadi.
Uylarning aksariyati isitilmaydi va ularning aksariyati oddiy kulbalardan iborat. La-Rinkonada 30 mingdan oşiq odam ana şunday noqulay şaroitlarda yaşamoqda.
Odamlarni bu dahşatli şaharga nima jalb qiladi? XX asr oxirida eski konçilar qişloği bölgan La Rinkonadada oltin koni topilgan.
Öşandan buyon oltin qazib oliş ortidan tuzukroq pul işlaş maqsadida odamlar bu şaharga kelişda davom etyapti. Söng sovuq iqlimdan, dahşatli şaroitlaridan yoki maşaqqatli mehnatdan qörqmaganlari şu yerda qolib ketyapti.
Ispaniyadagi Setanil-de-las-Bodegas şaharçasi
Setenil-de-las-Bodegas
Setenil-de-las-Bodegas Ispaniyaning Kadis provinsiyasida joylaşgan. Şaharça 82 kmkv maydonni egallaydi va u yerda 3 mingga yaqin odam yaşaydi.
Setenil-de-las-Bodegas haqiqatan ham ğayrioddiy va ajoyib şaharça bölib, u «Uzuklar hukmdori» filmidagi toğda joylaşgan şaharni eslatadi.
Şaharça bazalt toşi bilan işlov berilganga öxşaydi va bir butun bölib körinadi. Toş köplab uylar uçun ham tom, ham devor bölib xizmat qiladi.
Bu şahardagi uylarning aksariyati zamonaviy texnologiyalar «yetib kelgan» noyob landşaftga ega tabiiy ğorlardan iborat.
Alyaskadagi Uitter şaharçasi
Uitter (AQŞ)
Uitter AQŞda, Alyaska ştatidagi Kenay yarimorolining şimoli-şarqida joylaşgan. Şaharçaning maydoni 51 km kvadrat bölib, aholisi qariyb 300 kişi.
Uitterning ğayrioddiyligi şundan iboratki, barça odam 1956 yilda armiya kazarmasi sifatida qurilgan bitta 14 qavatli binoda yaşaydi. Unda aholi xonadonlaridan taşqari supermarket, şifoxona, politsiya va poçta bölimi hamda maktab mavjud.
Bu kiçik «mahalla»da odamlar 14 qavatli binodan faqat sayr qiliş uçun çiqadi. Boşqa paytda bunga hojat yöq. Şaharça joylaşgan hududda juda qattiq sovuq havo hukm surganda odamlar hatto oylab binodan çiqmaydi.
Ayniqsa, Uitterda quyoş çiqmaydigan mavsum – noyabrdan fevralgaça odamlar heç qayerga borişni xohlaşmaydi va xonadonlaridan çiqmay yaşayverişadi.
Şaharga faqat uning yaqinidagi toğ ostidan ötkazilgan tunnel orqali yetib boriş mumkin. Şahar aholisining asosiy iş joyi bu – sayyohlar keladigan kemalarni qabul qiladigan port.
AQŞdagi Kolma şaharçasi
Kolma (AQŞ)
Kolma Kaliforniya ştatida, San-Fransiskodan unçalik uzoq bölmagan joyda joylaşgan. Bu şaharçaning ğayrioddiyligi şundaki, u asosan qabristonlardan iborat.
Qabristonlar şaharça hududining 70 foizidan ortiğini egallaydi. Bu yerda joylaşgan qabristonlarning ön oltitasi hatto uy hayvonlari mozori hisoblanadi.
Kolmada atigi 1500 kişi yaşaydi va şahardagi har bir tirik odamga mingta qabr töğri keladi. Bu mubolağa emas, Kolmada 1,5 million kişi dafn etilgan.
Ma’lum bölişiça, Kolmada qabristonlar köpligining öz tarixi bor. 1849 yilda oltin vasvasasi boşlangandan söng San-Fransiskoga yuz minglab odamlar kelişadi. Ular bilan turli yuqumli kasalliklar ham kirib keladi va odamlar yoppasiga öla boşlaydi.
1880 yil oxiriga kelib, San-Fransiskoda 26 ta qabristonning barçasi tölib böladi. Şundan söng öliklar Kolmada dafn etila boşlanadi. 1900 yilga kelib San-Fransiskoda yer qimmatligi sababli ölganlarni dafn qiliş butunlay taqiqlanadi.
Oradan 14 yil ötgaç şahardagi barça qabriston butunlay yopiladi va ularga kömilgan odamlar Kolmaga köçiriladi. Şu tariqa, Kolma kiçik aholi manzilidan juda köp qabristoni bor şaharçaga aylanadi.