2019 yil 26 yanvar kuni Markaziy bank Boşqaruvi qayta moliyalaş stavkasini yillik 16 foiz darajasida özgarişsiz qoldiriş töğrisida qaror qabul qildi.

MB xabariga köra, mazkur qaror pul-kredit siyosatining inflatsiyani jilovlaşga qaratilgan yönalişini saqlab qoliş, real foiz stavkalari ijobiyligini ta'minlaş va inflyatsion kutilmalarni pasaytiriş maqsadlariga asoslangan.

Qayd etilişiça, 2018 yil yakunlari böyiça inflatsiya darajasi yillik hisobda 14,3 foizni taşkil etdi. Bunda, 2018 yilning dekabr oyida narxlarning oylik ösişi ötgan yilning mos davriga (4,1 foiz) nisbatan pasayib 2,1 foizni taşkil etdi.

Şuningdek, 2018 yilning II–IV çoraklari davomida çoraklik inflatsiya darajasini 2017 yilning mos davriga nisbatan pasayişi kuzatilgan.

Ayni paytda, IV çorakda içki talabning yuqori bölişi, tartibga solinadigan narxlarning oşişi va almaşuv kursi dinamikasi kabi ham talab ham xarajat omillari ta'sirida iqtisodiyotda yuqori inflyatsion bosim saqlanib qoldi.

2018 yil sentabr oyida qayta moliyalaş stavkasining oşirilişi bilan bir qatorda prudensial nazorat çoralarining kuçaytirilişi kreditlaşning narxga boğliq hamda narxga boğliq bölmagan şaroitlarini qat'iylaştiriş va yakunda kreditlar ösiş sur'atini maqbullaştiriş imkonini bergan.

Meva va sabzavotlarini saqlaş infratuzilmasi yaxşilanişi hisobiga ularning narxlaridagi mavsumiy tebranişlar nisbatan past bölganligi hamda hukumat tomonidan bozorlarni asosiy iste'mol mahsulotlari bilan töldiriş böyiça körilgan çoralar, oziq-ovqat tovarlari inflatsiyasini keskin ösişining oldini olişga yordam berdi.

Noyabr oyida energiya resurslar narxlari oşirilişining 2018 yilgi inflatsiya darajasiga ikkilamçi ta'siri prognoz qilingan körsatkiçlardan past darajada böldi. Bu, öz navbatida, 2019 yilda işlab çiqariş xarajatlarining oşişi hisobiga inflatsiyani tezlaşişiga ta'sir körsatişi mumkin.

Şuningdek, 2019 yilning yanvar oyidan narxlarning soliq tizimidagi özgarişlarga (asosan QQS bazasining kengaytirilişi) oldindan moslaşişi amalga oşmadi, bu biznes vakillarida soliq tizimidagi özgarişlar ularning moliyaviy faoliyati va işlab çiqariş xarajatlariga ta'siri xususida noaniqliklar saqlanib turganligi bilan izohlanadi.

Natijada, yillik inflatsiya darajasi (14,3 foiz) sentabr oyidagi prognoz körsatkiçga (16-17 foiz) nisbatan past bölgan.