Bolalik boşqaça-da. Eng şirin xotiralar, quvnoq öyinlar, betaşviş kunlar... Lekin öşa beğubor bolalik bilan birga yöqolib ketgan yoki ketayotgan şunday narsalar borki, eslab dilimiz entikadi.
«Mollarğa jyemiş soldingmi? Ertalabdan beri sening bu jurişingga işanippan, beçaralar bir narsa jyegani jöq!», derdi Samarqanddagi enam öyinqaroqligimga koyib.
Jizzaxda yanayam qiziq sözlarni eşitardim. Dasturxon yozilişi bilan mezbonlar – «ongsizlar, yengsizlar» deyişardi mulozamat qilib.
Andijonning şaharga yaqingina tumanlarida «q» harfi örniga «x» va «h» örtasidagi qandaydir tovuşni qöyib gapiruvçilar bor edi (balki hamon bordir). Ularni sözlarini yozib tuşuntirib bölmaydi, faqat gapiriş kerak, maza qilib eşitiş kerak...
Yaqinda ona yurtimga, Samarqanddagi qişloğimizga bordim. «Jöqçi»lardan birortasini uçratmadim. Tsivilizatsiya...
Bolalik bilan birga yaqin ötmişdagi asrlar davomida saqlanib kelgan şevalar ham yöqolib ketibdi. Hammasi bir avlodning köz öngida...
Ma'lumotlarga köra, dunyo böylab 7097ta til qayd etilgan. Ammo globalizatsiya va texnologiyalar zamonida haftasiga bitta til ölik tilga aylanmoqda. Dunyo ahlining qariyb 70 foizi nari borsa 40 tilda gaplaşadi, 3,5 mingdan ortiq tilda sözlaşuvçilar yer aholisining 0,2 foizini taşkil qiladi xolos.
Bu endi tillar böyiça holat. Ammo tillarning atrofida aylangan, adabiylikka da'vo qilmasa-da, özlikni anglatib turgan, har bir hududga rang-baranglik baxş etib turgan şevalar-çi? Ular qançalik tezlikda yöqolib borayapti ekan?..
Hozir bizda faqat xorazmça şevalar nisbatan yaxlit saqlanib turibdi, balki markazdan uzoqlik «yordam» qilayotgandir. Lekin xorazmliklarning aksariyati ham Toşkentga yetib kelişlari bilan «vottilaş»ni boşlaşadi.
«Jöqçi»larga qaytamiz. Bu şevaning qamrovi şu qadar keng bölganki, bizning davlatimiz hozirgi hududining har bir viloyatida işlatilgan. Ammo madaniyatimiz oşayotgani andak şubhali bölgan bir paytda, madaniylikdan yiroq hisoblanib, şevalardan voz keçilayotgani, ular şiddat bilan yöqolib borayotgani juda oğriqli. Biroq biz buni faqat kuzatib tura olamiz xolos, kimnidir qaysidir şevada gapirişga majburlab bölmaydi-ku?








