Jahon | 19:45 / 28.01.2019
5385
2 daqiqa o‘qiladi

Kanadalik elchi Huawei bosh direktori yonini olgani uchun lavozimidan mahrum bo‘ldi

Foto: Chris Wattie / Reuters

Kanadaning Xitoydagi elchisi Jon Makkallum Huawei kompaniyasi bosh direktori Men Vanchjouning AQSh so‘rovi bo‘yicha Vankuverda hibsga olinganiga izoh bergandan keyin lavozimidan bo‘shadi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi. 

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Makkallumning iste'fosini qabul qilgan, biroq bu qarorga nima olib kelganiga aniqlik kiritmagan. Tryudoning ta'kidlashicha, unda xodimlarni o‘zgartirish rejasi bo‘lmagan.

Vanchjou AQShning Eronga qarshi sanksiyalarini buzganlikda ayblangan. 

25 yanvarda Makkallum Vanchjou ishida barcha isbotlar Huawei direktori tomonda ekanligini aytgan. U Vashingtonning Vanchjouga bildirilgan ayblovlarida ko‘plab xatoliklar borligini ta'kidlab o‘tgan. Jumladan, gap ishga AQSh prezidenti Donald Trampning siyosiy aralashuvi, Kanadaning AQShning Eronga qarshi sanksiyalariga qo‘shilmagani haqida borgan.   

“Men yanglish gapirdim. Mening so‘zlarim bu masala bo‘yicha fikrimni aniq ifodalamaydi. Hukumatda avval aytilganidek, ishda siyosiy sabab yo‘q”, deb aytgan Makkallum keyinroq. 

Vanchjou hibsga olingandan keyin Xitoyda Kanadaning bir necha fuqarosi hibsga olingan, yana bir kanadalik o‘lim jazosiga hukm qilingan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid