Jamiyat | 17:48 / 28.01.2019
14326
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda YTH: ikki kishi halok bo‘ldi

Illyustrativ foto

2019 yil 27 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida yashagan A.R. boshqaruvidagi “VAZ-2101” rusumli avtomashinasini “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau” yo‘lining 44-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada haydovchi va uning yo‘lovchisi Sh.R. jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etganlar. 

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid