170 mingdan 57 milliongacha: Formula-1 poygachilarining yangi mavsumdagi maoshlari e'lon qilindi
“Formula-1” poygasida 2019 yilgi mavsumda ishtirok etuvchi poygachilarga qancha haq to‘lanishi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda YouTube’dagi F1 WeekEnds kanalida ma'lum qilingan.
Yangi mavsumning eng katta haq oluvchi poygachisi amaldagi jahon chempioni Lyuis Xemilton bo‘lar ekan. Mercedes jamoasi va uning hamkorlari Xemiltonning xizmatlari uchun 57 mln dollar to‘lashadi. 2-o‘rinni egallayotgan Sebastyan Fettel Xemiltondan 12 mln dollar kamroq – 45 mln dollar oladi.
Taqqoslash uchun: qolgan 18 poygachi oladigan umumiy gonorar 65 mln dollarni tashkil qiladi.
Eng kam haq “Toro Rosso” jamoasi vakili Aleksandr Albonga to‘lanar ekan – 170 ming dollar.
Ta'kidlanishicha, poygada ishtirok etuvchi 20 poygachi umumiy hisobda 168 mln dollar haq oladi.
Quyida poygachilarga to‘lanadigan haq haqida ma'lumotlar keltirilgan.
1. Lyuis Xemilton (“Mersedes” jamoasi) — 57 mln dollar
2. Sebastyan Fettel (Ferrari) — 45 mln dollar.
3. Daniel Rikkardo (Reno) — 17 mln dollar.
4. Maks Ferstappen (Red Bull) — 13,5 mln dollar.
5. Valtteri Bottas (Mersedes) — 8,5 mln dollar.
6. Kimi Raykkonen (Zauber) — 4,5 mln dollar.
7. Niko Xyulkenberg (Reno) — 4,5 mln dollar.
8. Karlos Sayns (Maklaren) — 4 mln dollar.
9. Sharl Lekler (Ferrari) — 3,5 mln dollar.
10. Serxio Peres (Reysing Point) — 3,5 mln dollar.
11. Romen Grojan (Xaas) — 1,8 mln dollar.
12. Per Gasli (Red Bull) — 1,4 mln dollar.
13. Lens Stroll (Reysing Point) — 1,2 mln dollar.
14. Kevin Magnussen (Xaas) — 1,2 mln dollar.
15. Robert Kubitsa (Uilyams) — 570 ming dollar.
16. Daniil Kvyat (Toro Rosso) — 300 ming dollar.
17. Lando Norris (Maklaren) — 260 ming dollar.
18. Antonio Jovinatssi (Zauber) — 230 ming dollar.
19. Jorj Rassell (Uilyams) — 180 ming dollar.
20. Aleksandr Albon (Toro Rosso) — 170 ming dollar.
Poyganing yangi mavsumi 17 martda Avstraliya gran-prisi bilan boshlanadi va dekabr boshida Abu-Dabidagi poyga bilan yakunlanadi. Poyga umumiy hisobda 21 ta bosqichdan iborat.
Mavzuga oid
23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
11:13 / 21.11.2022
To‘rt karra jahon chempioni Sebastyan Fettel «Formula-1»dagi faoliyatini yakunladi
20:23 / 12.12.2021
Maks Ferstappen ilk bor “Formula-1” chempioniga aylandi
23:06 / 28.11.2021