2019 yil 1 yanvaridan boşlab Özbekistonda xorijga çiqiş uçun 2 yillik OVIR stikerlari beriş töxtatildi. Buning örniga fuqarolarga qulayliklar taqdim etiş hamda ovoragarçiliklarga barham beriş, dunyo tajribasini Özbekistonda ham qöllaş maqsadida xorijga çiqiş pasporti joriy qilindi. Mamlakatning özida esa, bosqiçma-bosqiç fuqaro şaxsini tasdiqlovçi ID-kartalar tizimiga ötiş belgilandi.
Kun.uz sayti respublika IIV tizimidagi Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylaştiriş boşqarma hamda bölimlarida yangi xorijga çiqiş pasportini beriş bilan boğliq holat qaydarajada yölga qöyilgani, fuqarolarga bu borada körsatilayotgan xizmatlar sifatini örganişga qaror qildi. Dastlabki örganişlarimiz Toşkent şahridan boşlandi.
Qayd etiş örinliki, Toşkent şahrining 11 tumanida faoliyat yurituvçi MvaFRBlarida yangi namunadagi xorijga çiqiş pasportlarini rasmiylaştiriş hamda 10 kundan keyin uni oliş mumkin. Dastavval, poytaxtning Olmazor tumani MvaFRB faoliyati bilan tanişdik.

Yangi ta'mirdan çiqqan binoga kirişingiz bilan işçanlik muhiti közga taşlanadi. Fuqarolarga tartib bilan xizmat körsatilmoqda. Tuman MvaFRB boşliği örinbosari ma'lumot beriş nuqtasida navbatda, fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob beriş, anketalarga imzo şu joyning özida amalga oşirilmoqda. Bizga ma'lum qilişlariça, bunday amaliyot şaharning barça tumanlarida tizimli ravişda yölga qöyilgan.
Binoda fuqarolar uçun yanada qulayliklar taqdim etiş maqsadida uqalaş örindiqlari, içimlik va şirinliklar sotiladigan qurilmalar örnatilgan. Yoş bolalilarning farzandlari uçun maxsus öyin maydonçalari taşkil etilgan. Tölovlarni joyida amalga oşiriş uçun bank şoxobçalari xizmat körsatmoqda.
Video: TasIX
Video: Youtube
Şaharning Uçtepa, Mirobod, Yakkasaroy tumani hamda Toşkent şahar MvaFRBda bölib, barça bölimlarda birdek şaroit barpo etilgani, bir xil namuna va tizimda iş olib borilayotganini ta'kidlaş örinli. Biz xorijga çiqiş pasportining afzalliklari, uning qiymatiga doir ayrim savollar bilan Toşkent şahar IIBB MvaFRB bölim boşliği Sanjar Qosimovga murojaat qildik.





















