Jizzax viloyatining yana 4ta tumanida xorijga çiqiş pasportini rasmiylaştiriş imkoniyati yaratildi. Şu kunga qadar Jizzax viloyati IIB MvaFRB hamda Zomin tumani IIBda ma'lumotlarni yiğiş punkti faoliyat yuritayotgan edi. Endilikda, viloyatning Jizzax şahri, Döstlik, Şarof Raşidov va Ğallaorol tumani Içki işlar bölimlarida ham ma'lumotlarni yiğiş punklari taşkil etildi.

Uşbu ma'lumotlarni yiğiş punktlariga Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markazidan berilgan texnik qurilmalar örnatilib, xorijga çiqiş pasporti oliş böyiça aholiga xizmat körsatiş yölga qöyildi.

Bugungi kunga kelib Jizzax viloyatida xorijga çiqiş pasportini rasmiylaştiriş uçun taşkil etilgan ma'lumotlarni yiğiş punktlari quyidagi tarzda taqsimlanib, aholiga xizmat körsatmoqda:

Jizzax viloyati IIB MvaFRBda 
– Zafarobod, Foriş va Zarbdor tumanlari aholisiga

Döstlik tumani IIB MvaFRBda
– Döstlik, Mirzaçöl va Arnasoy tumani aholisiga

Şarof Raşidov tumani IIB MvaFRBda
– Ş.Raşidov va Paxtakor tumani aholisiga

Jizzax şahri IIO FMB MvaFRBda
– Jizzax şahri aholisiga

Ğallaorol tumani IIB MvaFRBda
– Ğallaorol va Baxmal tumani aholisiga;

Zomin tumani IIB MvaFRBda
– Zomin va Yangiobod tumani aholisiga xizmat körsatadi.

Bundan taşqari, joriy yil oxirigaça viloyatning barça şahar-tuman IIB MvaFRBlarida xorijga çiqiş pasportini oliş uçun ma'lumotini yiğiş punktlari oçilişi rejalaştirilgan.