Jahon | 11:46 / 30.01.2019
8921
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyadagi shaharda suv resurslari ifloslanishiga qarshi kurashishning ajoyib usuli o‘ylab topildi

Suv resurslaridagi plastik va suzuvchi chiqindilar — doimiy ravishda o‘sib borayotgan, nafaqat insoniyat, balki yovvoyi tabiat uchun ham tahdid solayotgan global muammo. Baxtni qarangki, ayrim hollarda eng oddiy yechimlar eng samarali bo‘lib chiqadi. Joriy yilda dunyo Avstraliyaning Kuinana shahri haqida eshitdi. Buning o‘ziga xos sababi bor.

2018 yilning mart oyidayoq Kuinana shahridagi Henli qo‘riqxonasida ikkita kanalizatsion to‘rlar o‘rnatildi.

To‘rlar ishlab chiqarish, o‘rnatish va qo‘shimcha ishlarni birgalikda hisoblaganda shahar uchun 20 ming dollarga yaqin mablag‘ga aylandi.

Mart oyida to‘rlar o‘rnatilgach, 4 oy davomida suvga 370 kg chiqindi tushishining oldi olindi.

Shahar meri Kerol Adamsning aytishicha, mahalliy hukumat ekologik tashabbuslarga doim jiddiy munosabatda bo‘lgan.

Shahar amaldorlari bu loyiha haqida Facebook’da post e'lon qilishgach, u 48 soat davomida «virusli» ko‘rinish oldi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid