Sport | 03:07 / 31.01.2019
13363
1 daqiqa o‘qiladi

APL. "Liverpul" "Lester"ni yenga olmadi, "Bornmut" "Chelsi"ga javobsiz 4ta gol urdi

Foto: Twitter/LFC

Angliya chempionati 24-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi. 

Musobaqa peshqadami "Liverpul" o‘z maydonida "Lester" bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, "Chelsi" safarda "Bornmut"dan yirik hisobda yengildi. 

"Tottenhem" so‘nggi daqiqalarda gol urib, "Uotford"ni mag‘lub etdi, "Sauthempton" va "Kristal Pelas" o‘rtasidagi o‘yinda g‘olib aniqlanmadi. 

Liverpul – Lester 1:1
Gollar: 1:0 – 3 Mane, 1:1 – 45 Maguayr.

Bornmut – Chelsi 4:0
Gollar: 1:0 – 47 King, 2:0 – 63 Bruks, 3:0 – 74 King, 4:0 – 90 Deniels.

Tottenhem – Uotford 2:1
Gollar: 0:1 – 38 Ketkart, 1:1 – 80 Son Xyn Min, 2:1 – 87 Lorente.

Sauthempton – Kristal Pelas 1:1
Gollar: 0:1 – 41 Zaa, 1:1 – 77 Uord-Prouz.

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid