Piyodaning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi Toshkentda aniqlandi
Toshkent viloyati Parkent tumanida haydovchining avtomobilida piyodani urib, qochib ketishi oqibatida 1996 yilda tug‘ilgan shaxs hayotdan ko‘z yumdi. Toshkent viloyati IIB YHXBning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, hodisa 2019 yil 30 yanvar kuni sodir bo‘lgan.
Voqea shu kuni soat taxminan 22:30larda Toshkent viloyatining Parkent tumanidan o‘tuvchi «Qiziltog‘-Parkent-Yangibozor» avtomobil yo‘li bo‘ylab Zarkent qishlog‘i tomondan Parkent shahri tomonga harakatlanish chog‘ida ro‘y bergan. Haydovchi avtomobil yo‘lining chap tomonidan o‘ng tomoniga kesib o‘tayotgan piyoda 1996 yilda tug‘ilgan A.N.ni urib yuborib, voqea joyidan yashiringan, natijada piyoda A.N. olgan tan jarohatlari bilan tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va Parkent tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida jinoyat issiq izidan fosh etildi. Ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi 1966 yilda tug‘ilgan haydovchi A.S. tomonidan «Lasetti» rusumli avtomashinasida sodir etilganligi aniqlandi.
Haydovchiga nisbatan O‘zbekiston JKning 117 va 266-moddalarining tegishli qismlariga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024
Toshkent viloyatida isitish mavsumi 8 noyabrdan boshlanadi
11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
22:14 / 05.11.2024