Siz bozor deganda nimani köz oldingizga keltirasiz? Narxni tuşirolmay joni halak xaridor-u, molini ikki tanga qimmatroqqa sotiş ilinjidagi savdogarnimi? Hamma narsa çiroyli terib qöyilgan zamonaviy supermarketni xayol qilsangiz ham ajablanmayman. 

Xurşid Döstmuhammad esa bozorni sal boşqaçaroq tuşunadi: bozor deganda kişilarni özi istagan maqomga öynata oladigan izdihomni tuşunib, yozuvçi u haqidagi mulohazalarini ayni nomdagi asarida öquvçiga taqdim etadi. 

Uç kundan beri qabrga kira olmay sarson ölik, yerga çökib borayotgan bozor, odamlar unutayozgan qiroatxona, jarga qulagan birovning moli, tuğilmay nobud bölayotgan bolalar, qurilmay buzilayotgan oilalar...  Yozuvçi birgina bozor fenomeni atrofida bir qança başariy muammolarni qay örinda bevosita, qay nuqtada bilvosita tasvirlab, mağzini oçib berişga harakat qiladi. 

Muammoning eng kattasi, ta'bir joiz bölsa, barça muammolarning «doyasi» – butun bozorni ovorayi sarson qilgan nojins. Bu maxluqotning suvrati-yu, siyrati, qanday paydo bölganligi haqida gap-söz yöq. Faqatgina uning yesa böladigan jamiki narsani paqqos tuşirayotgani, tutqiç bermay odamlarni halak qilayotgani ayon (aynan şu obraz adibning «Jajman»​ hikoyasida batafsil tasvirlangan). 

«Odamlarning içidan çiqqan illat» – nojinsning karomati bir nuqtada tökis namoyon böladi: daraxt şoxiga mingaşib bir nimani mazza qilib çaynayotgan nojinsning sölagi pastga oqib odamlarning boşiga, yuz-köziga tuşardi. Odamlar esa göyo buni payqamayotgandek, sezsa-da bundan huzurlanayotgandek kulişadi, sölakka parvo ham qilişmaydi... 

Yozuvçi muammolarni körsatiş barobarida ularning yeçimiga ham işora qiladi. «Ofatlarning hammasiga tadbir bor, çora bor. Kitoblarni öqing – hammasi yozilgan. Faqat ularni öqişmayotgani çatoq...»​ 

Ammo, taassufki, «danğillama hojatxona qurişga pul topildiyu, qulayotgan qiroatxonaga törtta guvala topilmadi...»

Asar boş qahramoni Fozil ismi jismiga monand fozil inson sifatida gavdalanişi maqsad qilingan. Töğri, u tuğiliş, yaşaş, ölişning mohiyatini izlaydi, oilaning ahamiyatini boşqalardan teranroq anglaydi. Qoş-közi qora yor emas, çin ma'nodagi «Munosibxon»​ni izlaydi va topadi ham. Birovlar köproq soqqa qiliş ilinjida bozorda ham çodir tutib nikoh öqitişga tayyor bölgan bir paytda, qiroatxonaga kuyov bölişni niyat qiladi. Lekin Fozil muammoni faqat köradi xolos, uni yeçmaydi, yeçolmaydi.

Muammo bor, konkret. Faqat hamma​ unga  har xil yondaşadi. Kimdir körgan-bilganini gapirolmay, tilini çaynab aylanib ötib qöya qoladi. Kimdir Fozil kabi körganidan falsafa söqib, donişmandona fikrlar yuritadiyu ziğirça amaliy harakatga barmoğini qimirlatmaydi ham. Yeçim uçun yeng şimargan bir-ikki qahramon esa kaltak ta'mini bilgaç, «oç qornim, tinç quloğim»​ rejimiga ötib oladi. Von Su haq: «olam çarxini aylantirişga yaraydigan azamat qahat»​.