Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. «Liverpul» yana g‘alaba qozona olmadi, «Siti» bilan farq endi 3 ochko
Angliya Premer-ligasida 25-turga yakun yasaldi.
Turning so‘nggi o‘yini Londonda, «Vest Hem» va «Liverpul» o‘rtasida kechdi. 22-daqiqada Sadio Mane mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 6 daqiqadan so‘ng Maykl Antonio muvozanatni tikladi. 28-daqiqada tenglashgan hisob o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmay qoldi.
«Qizillar» o‘tgan turda o‘z maydonlarida «Lester» bilan ham shu hisobni qayd etgandi. Endilikda peshqadamni eng yaqin ta'qibchisi «Siti» bilan 3 ochko ajratib turibdi. Mersisaydliklar so‘nggi beshta o‘yindan faqat ikkitasida g‘alaba qozonganini ta'kidlash kerak. Oxirgi ikkita o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan «Vest Hem» esa ushbu sensatsiyasidan so‘ng 12-o‘rinni saqlab qoldi.
Keyingi turda «Liverpul» «Bornmut»ni qabul qiladi, «Vest Hem» esa «Kristal Pelas» mehmoni bo‘ladi. Ikki uchrashuv ham 9 fevralga belgilangan.
Vest Hem – Liverpul 1:1 (1:1)
Gollar: 0:1 – 22 Mane, 1:1 – 28 Antonio.
Vest Hem – Fabianski, Frederiks, Diop, Ogbonna, Kressuell, Rays, Nobl (Obiang, 79), Antonio, Snodgrass, Felipe Anderson (Masuaku, 90), Ernandes (Kerroll, 79).
Liverpul – Alisson, Milner, Matip, van Deyk, Roberson, Lallana (Shakiri, 69), Fabino, Keyta, Salax, Firmino (Origi, 75), Mane.
Ogohlantirishlar: Matip (54), Ernandes (60).

Mavzuga oid
22:18 / 01.04.2026
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»da uchinchi marta oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
16:00 / 19.02.2026
Angliyada poyga boshlandi. «Arsenal»ga nima bo‘lyapti?
23:09 / 06.02.2026
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
23:06 / 09.12.2025