Angliya çempionatining 25-turidan joy olgan «Lester» - «MYu» öyinida «King Pouer» stadioni tablosida bugungi futbol muxlisi uçun biroz notaniş bölgan ism-şariflar havola qilindi. Albatta, buning ma'nosini katta yoşli muxlislar bilib turardi, bu nomlar 61 yil avval Myunxen örmonida jon taslim qilgan futbolçilar edi. Balkim, aynan şu nomlar keyinçalik «Mançester Yunayted»ning dunyoning eng maşhur va muvaffaqiyatli jamoalaridan biriga aylanişida munosib örin tutadi.

Bugun, 6 fevral kuni, öşa fojiaga ropa rosa 61 yil töladi.  

1958 yilning şu kunida «Mançester Yunayted» jamoasi futbolçilari va personali, şuningdek bir qator jurnalistlar va muxlislar joylaşgan samolyot noqulay ob-havo tufayli Myunxen aerodromidan kötarilişda muammoga duç keladi va bort avariyaga uçraydi. Jamoa Çempionlar kubogi doirasida çorak final uçraşuvida Belgradning «Tsrvena Zvezda» jamoasini doğda qoldirib, yarim finalga yöl olgan va Myunxenda yoqilği quyib oliş uçun qöngandi. 44 yölovçidan 23 nafari olamdan köz yumadi.

VOQeADAN OLDIN

1955 yilning aprelida UYeFA Yevropa ligalari çempionlari örtasida Çempionlar kubogi musobaqasini taşkil qildi. Dastlabki mavsumda ingliz jamoalari bu turnirga qatnaşişmadi, öşa paytdagi Angliya Ligasi rahbari Alan Hardeyker milliy turnirlarga bölgan qiziqiş pasayişidan xavotir olgan va «Çelsi»ga ruxsat bermagandi.

Keyingi mavsumda «Mançester Yunayted» çempion böldi va xuddi «Çelsi» kabi mançesterliklarga ham xalqaro turnirda qatnaşişga taqiq qöyildi. Ammo boş murabbiy Mett Basbi va klub raisi Harold Hardman AFAdan öz tarafdorlarini topişadi va uzoq urinişlar natijasida bu musobaqada iştirok etiş huquqini qölga kiritişadi. Şu tariqa, «Mançester Yunayted» ingliz jamoalari içida birinçi bölib yevrokuboklarda qatnaşgan klub sifatida tarixda qoladi.

Jamoa ilk musobaqadayoq işonçli qatnaşib, yarim finalgaça bordi va faqat bölajak ğolib Madridning «Real»iga imkoniyatni boy berişadi. Qatorasiga ikkinçi çempionlikka ham erişgan «Basbi bolalari» (jamoaning aksariyat öyinçilari juda yoş bölganliklari uçun, şunday laqab olgandilar) Yevropa miqyosidagi ğalaba sari odimlaşda davom etişdi.
 
U vaqtlarda samolyotda uçiş ança tahlikali sanalardi, ammo şanba kunlari ötkaziladigan milliy çempionat öyinlariga ulguriş uçun hafta örtasida yevrokubok öyinida iştirok etgan «Yunayted»da samolyotda uçişdan boşqa iloj ham qolmagandi.

6 FeVRAL. 1958 YIL