Futbol olamida Madrid va Mançester, ularning özaro raqobati va aloqalarining ahamiyati katta. Zamonaviy futbol qahramonlaridan biri Kriştianu Ronalduning şakllanişida ikki klubning xizmati katta. Aytişlariça, Roman Abramoviçning futbolga qiziqib qolişi va unda «Çelsi»ni sotib oliş ğoyasi paydo bölişida «Real» va «Mançester Yunayted» örtasidagi «Old Trafford»da bölib ötgan (YeÇL 2002/03 çorak finali javob öyini. Inglizlar 4:3 hisobida ustun kelişgan, ammo Madridda 3:1 hisobida yenggan Madrid yarim finalga yöl olgan) uçraşuv sabab bölgan ekan. Devid Bekhem, Ruud van Nistelroy, Gabriyel Xayntse, Maykl Ouen, Anxel Di Mariya kabi yulduzlar har ikki jamoa libosini kiyişgan. Hozirda «MYu»ni boşqarayotgan Joze Mourino ham bir paytlar «Real»da işlagani alohida voqea.
Ammo, aslida bu klublar örtasidagi döstona aloqalar biroz eski, juda mustahkam ekanini köpçilik bilmasa kerak. Hozirda «Real» uy uçraşuvlarini ötkazadigan stadion nomiga bitilgan Santyago Bernabeu 1958 yilning 6 fevral kuni, ya'ni roppa-rosa 60 yil oldin Myunxenda sodir bölgan fojiadan söng, «Mançester Yunayted»ning oyoqqa turişida katta yordam körsatgan. Öşa paytlarda u «Real» prezidenti hisoblanardi.
BeRNABeU VA BASBI

Bu haqida angliyalik Jon Ladden özining «Ikki şahar haqida qissa: Mançester va Madrid 1957-1968» kitobida yozgandi. Unda aytilişiça, «Real»ning buyuk prezidenti Santyago Bernabeu bu jamoa bilan Yevropa Çempionlar kubogining ikkinçi mavsumida, madridliklar yarim finalda «Mançester Yunayted»ga qarşi öyinlarda 3:1 va 2:2 hisoblarida öynagan paytida qiziqib qolgan ekan. Öşa paytgaça eng buyuk yulduzlarni «Real»ga olib keliş orqali muvaffaqiyatlarga erişişga odatlangan Bernabeu «MYu» tarkibidagi juda yoş yigitlarning öyinlaridan hayratga tuşadi va Mett Basbini Madridga taklif qiladi. Şotlandiyalik murabbiy tomonidan taklifning rad qilinişi uni unçalik xafa qilmadi. U bilardiki, Basbi öşa yoş yigitlar bilan Yevropani zabt etişdek buyuk orzular oğuşida edi.
Oradan ön oy ötib, yoş «Yunayted» halokatga uçradi. Myunxendagi aviahalokat 8 futbolçi, uç murabbiy va yana 10 kişini hayotdan olib ketdi. Çempionlar kubogi çorak finalida ğalaba qozongan yigitlar halok bölgan, göyoki endi Basbining orzulari ham öşa Myunxen örmonlarida kömilgandi.
Öşa halokat oğuşidan çiqmagan «Mançester Yunayted» yarim finalda ikki öyin natijasiga köra Italiyaning «Milan» klubiga 2:5 hisobida yutqazdi. Finalda esa, Xento va Di Stefano kabi yulduzlarning yorqin öyinlari evaziga «Real» milanliklarni mağlub etdi va Santyago Bernabeu uşbu ğalabani halok bölgan mançesterliklarga bağişlaydi. U hatto kubokni Mançesterga jönatmoqçi böldi, ammo inglizlarning buni qabul qilişni istamaganlari ham tuşunardi. Baribir ispaniyalik prezidentning bu harakati tahsinga sazovor.









