«Haddersfild»ga qarşi öyinda «Mançester Yunayted» futbolçilari qora boğiç ostida maydonga tuşdi. Oltinçi fevral kuni klub tarixida öçmas iz qoldirgan Myunxen fojiasiga oltmiş yil töladi.
1958 yilning şu kunida «Mançester Yunayted» jamoasi futbolçilari va personali, şuningdek bir qator jurnalistlar va muxlislar joylaşgan samolyot noqulay ob-havo tufayli Myunxen aerodromidan kötarilişda muammoga duç keladi va bort avariyaga uçraydi. Jamoa Çempionlar kubogi doirasida çorak final uçraşuvida Belgradning «Tsrvena Zvezda» jamoasini doğda qoldirib, yarim finalga yöl olgan va Myunxenda yoqilği quyib oliş uçun qöngandi. 44 yölovçidan 23 nafari olamdan köz yumadi.
VOQeADAN OLDIN
1955 yilning aprelida UYeFA Yevropa ligalari çempionlari örtasida Çempionlar kubogi musobaqasini taşkil qildi. Dastlabki mavsumda ingliz jamoalari bu turnirga qatnaşişmadi, öşa paytdagi Angliya Ligasi rahbari Alan Hardeyker milliy turnirlarga bölgan qiziqiş pasayişidan xavotir olgan va «Çelsi»ga ruxsat bermagandi.
Keyingi mavsumda «Mançester Yunayted» çempion böldi va xuddi «Çelsi» kabi mançesterliklarga ham xalqaro turnirda qatnaşişga taqiq qöyildi. Ammo boş murabbiy Mett Basbi va klub raisi Harold Hardman AFAdan öz tarafdorlarini topişadi va uzoq urinişlar natijasida bu musobaqada iştirok etiş huquqini qölga kiritişadi. Şu tariqa, «Mançester Yunayted» ingliz jamoalari içida birinçi bölib yevrokuboklarda qatnaşgan klub sifatida tarixda qoladi.
Jamoa ilk musobaqadayoq işonçli qatnaşib, yarim finalgaça bordi va faqat bölajak ğolib Madridning «Real»iga imkoniyatni boy berişadi. Qatorasiga ikkinçi çempionlikka ham erişgan «Basbi bolalari» (jamoaning aksariyat öyinçilari juda yoş bölganliklari uçun, şunday laqab olgandilar) Yevropa miqyosidagi ğalaba sari odimlaşda davom etişdi.
U vaqtlarda samolyotda uçiş ança tahlikali sanalardi, ammo şanba kunlari ötkaziladigan milliy çempionat öyinlariga ulguriş uçun hafta örtasida yevrokubok öyinida iştirok etgan «Yunayted»da samolyotda uçişdan boşqa iloj ham qolmagandi.
6 FeVRAL. 1958 YIL
Samolyot nemis zaminiga qönganida, hamma juda xotirjam va yaxşi kayfiyatda edi. Kimdir karta öynar, boşqasi sönggi yangiliklarni muhokama qilar, bort turli kitob va jurnallarga töla edi. Uçiş oldidan kuzatiladigan odatiy muhit: biroz asabiylik bor, ammo karta öyini va suhbatlar vaziyatga ança xotirjamlik olib kirgan. Hatto ba'zilar uxlab ham yotişibdi.
Mavzuga oid
Soat 14.00ga yaqin G-ALZU AS 57 bort kapitani Kenet Reyment bilan birga uçiş uçun tayyor edi. Şu yergaça bortni boşqargan kapitan yordamçisi Jyeyms Teyn endi Reyment bilan örin almaşgandi.
«Ken ikkimiz uçiş uçun barça riçaglarni tortdik va men «qani, olğa» deb buyruq berdim. Dvigatellar işga tuşdi, ammo negadir ikkimiz ham nimadir notöğri bölayotganini his qilib turardik. Dvigatellar juda notekis işlayotgandi. Samolyot tezlanişni boşlaşi hamono, Ken tormozni bosdi. Qirq sekund ötmay, samolyot endi joyida töxtab turar edi» - deb eslaydi Jyeyms Teyn.
Ikkinçi uriniş ham muvaffaqiyatsiz çiqqaç, samolyotga qayta yoqilği bilan töldiriş zarurati tuğildi va yölovçilar kofe içiş uçun taşqariga çiqişdi.
«Mançester Yunayted» himoyaçisi Bill Foulks hikoya qiladi: «Biz Belgraddan to Myunxengaça karta öynab kelgandik. Esimda, bortdan taşqariga çiqqanimda havo juda sovuq edi. Uçiş amalga oşmagaç, ba'zilarning asabiylaşa boşlaganiga e'tibor berdim. Ikkinçi urinişdan keyin ahvol yanada taranglaşdi va bortga qaytganimizda kayfiyat tuşib ketgan edi. Endi heç kim karta öynagisi kelmay qoldi, men ham kartalarni çöntagimga soldim-da, uçinçi urinişni kuta boşladim. Men örtaroqda ötirgandim, yonimda Mett Basbi va Bert Voley birga ötirişar, Mark, Tommi, Dunkan va Eddi sal orqaroqda edi. Devid Pegg örnidan turib, «bu yer menga yoqmayapti, xavfliga öxşaydi, men ketdim» deb orqadagi futbolçilar safiga qöşildi. Sviftning ham ketganini kördim. Boşqalar şu menga yaqin joylarda ötirişgandi».
Yana Jyeymsga söz beramiz - «Uçinçi urinişda ham dvigatellar yomon işlayotganini sezdim va Kenga aytdim. Spidometr 105 ni körsatardi, lekin qandaydir beqaror edi. Raqam 117 ga çiqqaç, xavfni seza boşladim va ratsiyada xabar bera boşladim. Birdaniga spidometr avval 112 ga, keyin 105 ga tuşayotganini kördim. «Ey Xudo, eplay olmayapmiz» deb qiçqirib yubordi Ken. Men oldimga qarab qorni, aerodrom yaqinidagi qanaqadir binoni va daraxtni kördim».
7 FeVRAL. 1958 YIL
Halokatdan söng «Elizabetan»ni (samolyot nomi) tanib bölmasdi. Samolyot uyga urilib ketdi va yonib ketdi. Qanotlar daraxtlarga urilib, ajrab ketgan, bino atrofida boçkalarda turgan yoqilğilar ham portlab ketgandi.
«Samolyotning orqa tarafi umuman yöq bölib qolgandek edi. Men imkon qadar juda tez yugurib qoça boşladim. Heç narsani öylamas, faqat uzoqroqqa yugurişga harakat qilardim. Keyin, ortga qarab, samolyot portlamasligini sezdim va qaytdim. Boşqalarni qutqariş kerak edi. Rodjyer Bern kreslosiga boğlanib qolgan, Bobbi Çarlton heç narsani sezmay öz örnida ötirardi. Keyin qayerdandir Gari Gregg paydo böldi va ikkimiz yordam berişimiz mumkin bölgan şeriklarimizni qidirib, qutqara boşladik».
«Ikki şerigimiz bilan birga Mett Basbini kötarib olib çiqdik - uning ahvoli juda oğir edi. Bobbi Çarlton öziga kelib, örnidan turdi va bizga yordam bera boşladi. Hammani Myunxendagi kasalxonaga olib borişdi. Bu öşa halokat bölgan kun, ammo biz voqeaning butun dahşatini his qilmasidan bir kun oldingi voqealar edi» - deydi Bill Foulks.
Biz Basbining xonasiga kirganimizda, u kislorod maskasida yotar, Dunkan Edvardning ahvoli esa, yanada oğirroq edi. Bobbining boşini boğlaşdi, Jyekining yuzi tikilgan, qölini gips qilişgandi. Albert Skanlon közini yumib yotar, Rey Vuud kantuziya holatiga tuşib qolgan, şuningdek, Ken Morgans va Jonni Berri öz örinlarida yotar edi. Hamşiraning aytişiça, Dunkanning yaşab ketiş imkoniyati Jonninikidan köproq ekan. E voh...
Biz Frenk Teylorning yoniga yaqinlaşdik. U öşa palatadagi yagona jurnalist edi. U bizdan birga pivo içişimizni söradi. Aftidan, Frenk keçagi voqeani hali anglab yetmagan ham edi. Men hamşiradan boşqa bolalarni ham körişimiz mumkinmikin, şuni söradim.
- Boşqalar? Boşqalar yöq, şu yerdagilardan boşqa heç kim qolmadi!
Dahşat. Ana öşanda biz voqeaning butun foijiasini his qilgandik. «Basbi bolalari» endi yöq! Yöq ular!»
Rodjyer Bern, Geoff Bent, Mark Jons, Devid Plegg, Liam Vilan, Elli Kolman, Tommi Teylor voqea joyidayoq vafot etişdi. Klub kotibi Volter ham murabbiylar Tom Karri va Bert Volley bilan birga halok böldi. Dunkan va Jons oğir ahvolda yotardi, Mett Basbi ham köp joyidan yaralangan — u klub xodimlaridan tirik qolgan yagona inson edi.
Töqqiz sport jurnalistidan sakkiz nafari vafot etdi. Samolyot kapitanlaridan biri, yana ikki passajir – turist va jamoa muxlisi ham. Töqqiz futbolçi tirik qoldi, ammo ulardan ikki nafari – Jonni Berri va Jyeki Blançflauer keyin futbol öynay olişmadi.
Ikki fotograf, turfirma agentining rafiqasi, ikki yugoslaviyalik yölovçi (biri çaqaloq) tirik qoldi. 21 kişi halok böldi va 20 kişi tirik qoldi. Hayot uçun kuraşayotgan 4 yölovçidan 2 nafarigina tirik qoldi, xolos. Oradan uç hafta ötib, Dunkan Edvards va Kenett Reyment kasalxonada jon berişdi.
OQIBAT: OSTONAGA KÖMILGAN ORZU
Öşa haftada «Yunayted» Liga peşqadami «Vulverhempton» bilan «Old Trafford»da töp surişi közda tutilgandi. Uzoq yölçilikka qaramay, köpçilik bu öyinda ğalaba kutar, peşqadam bilan örtadagi farq 4 oçkoga kamayişini hamma istar edi. Butun Mançester öyinni kutayotgan bir paytda gazetalar sovuq sarlavhalar bilan şaharga kirib bordi: «Mançester Yunayted» avihalokat qurboni... Tiriklar juda oz». Hamma eşitar, öqir, bir-biriga gapirib berar, ammo aslida bu qanday voqea ekanini idrok eta olmayotgandi göyo.
Mett Basbining dösti, Uels terma jamoasi murabbiyi Jimmi Myorfi «MYu»da boş murabbiyga yordam berardi.
«Men Yevropa safarlarida doim Mett bilan birga yurar, ammo bu safar negadir Mett Belgradga bormasam ham bölaverişini aytdi. Öşa paytlarda xayolim köproq Uels terma jamoasi bilan edi. Öşa voqea bölgan kuni ertalab, Mançesterga keldim. Kotiba menga samolyot avariyaga uçraganini aytdi. Men faqat u yiğlab yuborgandagina işondim. U köpçilik vafot etganini bilar, lekin kim, neça kişi, umuman xabari yöq edi. U ketgaç, men xonamga kirdim va uzoq vaqt yiğlab ötirdim.
Ertasiga Jimmi Myunxenga uçib bordi va Basbi bilan körişdi.
«Mett kislorod maskada yotardi. U mening qölimni uşlab, «keep the flag flying» dedi. Dunkan ham meni tanidi. Hammasi dahşat edi. Dahşat! Basbi uning işini davom ettirişimni, «Yunayted» bayroğini qölga olişimni istadi va mening oldimda jamoani yana tiklaş vazifasi turardi. Menda endi yanada buyukroq jamoa bor, lekin futbolçilar yöq edi», - deb hikoya qiladi Myorfi.
Ertasiga Mançester öz qahramonlarini qabul qildi. Ortiqça muammo tuğilmasligi uçun jasadlar keçasi olib kelingan va gimnaziyaga joylaştirilgandi. Öşa yerda marhumlarning oila-a'zolari va yaqinlari yiğilişdi. Minglab muxlislar şu paytgaça olqişlari ostiga javlon urgan navqiron tanalarni sönggi bor köriş uçun kelişdi.
Marhumlarning yaqinlari iltimosiga binoan ta'ziya marosimi begonalardan xoli ötkazildi. Ammo begonasi bormi ularning? Muxlislar sal uzoqroq joyda töplanib, ta'ziyani kuzatib turişdi. Futbol tarixida muxlislar yiğilgan joyda bu qadar jimjitlik kuzatilmagandi, balki. Hamma sokin yiğlardi. Şahardagi taksiçilar ham kun davomida tekinga xizmat qilişdi.
Butun futbol mana şunday sokinlaşgan, turdagi barça öyinlar motamda ötdi. Raqobatçi klublar ham jamoaga yordam qölini çöza boşlaşdi. «Liverpul» va «Nottingem Forest» bu borada birinçilardan bölişdi.
«Yunayted»ning ligadagi örni saqlanib qolişi mumkin, Liga taqiqlardan birini bekor qildi va Angliya kubogida bir jamoa safida qatnaşgan futbolçiga xuddi şu turnirda boşqa jamoa şarafini himoya qiliş imkoniyatini berdi. «Yunayted»ga yangi öyinçilar kerak edi, Jimmi Myorfi tarkib yiğa boşladi. Birinçi transfer «Blekpul» a'zosi Erni Teylorning kelib qöşilişi böldi. Asta-sekin «Old Trafford»ga futbol qayta boşladi.
ILK ÖYIN: 59 999 HAMDARD
Halokatdan 13 kun ötib, «Mançester Yunayted» Angliya kubogi doirasida «Şeffild Uensdey»ni qabul qildi. Fevralning sovuq kunida stadionga 60 000 muxlis taşrif buyurdi. Balki oradagi vaqt nimanidir unuttirgandir, ammo yana 59 999 hamdardini körgan inson yana yiğlab yuborişi tabiiy. Heç kimdan uyalmay, oçiqçasiga hamma yiğlardi yana. Köpçilik ataylab qizil-oq-qora liboslarda kelgandi va aynan öşa kundan boşlab bu ranglar «Mançester Yunayted»ning özgarmas ranglari bölib qoldi. Öyinoldi programkada fojia haqida maqola e'lon qilingan, jamoa tarkibi yoziladigan yer esa, böş qoldirilgandi. Töldiriş muxlislarga havola qilindi – kimdir suxandondan eşitib, tarkibni yozib oldi, kimdir marhum qahramonlarining ismlarini yozdi, kimdir esdalik sifatida böş qoğozni uyiga kötarib ketdi.
Darvozabon Gari Gregg va öng qanot himoyaçisi Bill Foulks – eski asosiy tarkibdan şu kuni maydonga tuşgan ikki vakil edi. Boşqa nomlar notaniş: çap qanotdagi Yan Grivs şu kungaça ösmirlar tarkibida öynab yurgan futbolçi Rojyer Bernning örnini egallagandi: «Esimda, yeçiniş xonasi juda jimjit edi. Men Rojyerni xayolimdan çiqarib taşlay olmayotgandim. Men uning formasida, uning örnida ötirardim axir»...
Çap qanot yarim himoyaçisi Sten Krouterning transferini esa, unutiş mumkin emas. U «Aston Villa»da öynagan va umuman Mançesterga kelişni istamagandi. Murabbiy Myorfi eslaydi: «Erik Hyuton öşa paytlarda Villaning murabbiyi edi. U Stenga bizning qiziqayotganimizni aytdi. Sten jamoasini tark etişni istamadi, lekin Erik uning «Old Trafford»dagi «Şeffild»ga qarşi öyinimizga birga olib keldi. Yölda ketayotib Erik yana öşa mavzuni oçadi va Stenning yordamiga muhtoj ekanimizni aytadi. Sten nima deyişni bilmay, formasi özi bilan emasligini bahona qila boşlaydi. «Xavotir olma, hammasini olganman», - deb javob beradi Erik. Ular öyin boşlanişiga bir soat qolganida «Mançester Yunayted» vakillari bilan uçraşişdi va şartnoma imzolandi».
Öşa kuni «Şeffild»da umuman imkoniyat yöq edi. Axir mezbonlar umuman katta narsa uçun maydonga tuşişgandi. Tribunadagi ehtirosning ham qiyosi yöq edi.
«Öşa öyinda maydonga tuşgan yoki tribunadan tomoşa qilgan biror kişining bu kunni unuta olişiga işonmayman», – deb eslagandi keyinçalik «Mançester Yunayted» tarkibiga qöşilgan «Şeffild» futbolçisi Albert Kuiksol – «ular butun yurak bilan öynaşdi va maydonda butunlay yangi tarkib bölişiga qaramay, har qanday holatda bizni yenggan bölişardi. Göyoki bizga qarşi 11 futbolçi emas, 60 000 kişi töp surgandek edi».
Kim biladi, balki yurakning tub tubida «Şeffild» futbolçilarining özlari ham özlariga qarşilik qilgandir...
Oradan ikki kun ötib, Dunkan Edvards ham kasalxonada jon berdi va yara yangilandi.
YaKUN: UÇ KIŞI
Ertak bu yerida tugamasligi kerak, albatta.
Kasalxonadan çiqib, reabilitatsiya markaziga qatnay boşlagan, nafaqat futbol, umuman hayot haqida öylamay, tuşkunlikka tuşib qolgan Mett Basbi rafiqasining bir sözidan keyin oyoqqa turadi. «Bilasanmi, bolalaring qaytişingni juda ham xohlaşyapti», – degandi öşanda Jin Basbi.
1958/59 yilgi mavsumda Mett Basbi klubga qaytdi va boşqatdan «Basbi bolalarini» tuzişni boşladi. Keyinçalik, murabbiyning aytişiça, u judayam yaqin kelgan, ammo fojia tufayli qöldan çiqib ketgan Yevropa Çempionlar Kubogida ğalaba qozoniş orzusi bir muddat bölsa ham xayolini tark etmagan, ayniqsa, futbolçilarning aynan öşa kayfiyatni saqlab qoliş haqida köp qayğurgan ekan.
Oradan yillar ötib, 1968 yilda «Mançester Yunayted» Çempionlar kubogi finalida «Benfika» ustidan ğalaba qozonadi va tarixida ilk bor uşbu sovrin egasiga aylanadi. Taqdirlaş marosimi oxirlab borayotganda esa, ğoliblar orasidan uç kişi ajralib çiqadi va maydon markaziga keladi.
Bu uç kişi – öşa samolyotda şerigi bilan jamoadoşlarini qutqargan himoyaçi Bill Foulks, avvaliga huşsiz yotib, keyin öziga kelgan Bobbi Çarlton va aynan şu kubok tufayli hayotga qaytgan Mett Basbi edi...
Boşlarini bir birining boşiga, qöllarini şerigining yelkasiga qöyib olgan bu uç kişi uzoq vaqt şu alfozda turib qolişdi. Ular ayni paytda nima haqida, kimlar haqida öylaganliklarini aytiş şart emas, albatta.