AQŞ prezidenti Barak Obama Myunxendagi otişmaga munosabat bildirar ekan, kutilmaganda mavzuni boşqa tomonga burib ketdi va bu bilan muxbirlarning kayfiyatini kötardi. Bu haqida Rambler xabar berdi.
“Biz u yerda nimalar sodir bölayotganini aniq bilmaymiz, lekin biz qalban vaziyat qurbonlari bilan birgamiz”, - dedi Obama.
Prezident AQŞ Germaniyaga “özining eng yaqin ittifoqdoşlaridan biri” sifatida har tomonlama yordam berişga tayyor ekanini bildirdi. Şuningdek u Myunxendagi fojia “bizning hayot tarzimiz, erkinligimiz”ning xavf ostida ekanligini eslatib qöyganini aytdi. Şu payt birdan “otasini tark etayotgan” ulğayib borayotgan farzandlar töğrisida gapira ketdi. Manbaga köra, bu bilan u özining tönğiç qizi Maliyaga işora qilgan.
“Keçirasiz, men buni özimga juda yaqin oldim çoği. Haddan taşqari yaqin”, - dedi prezident jurnalistlar kulgisi ostida.
Biroz çekinişdan söng Obama Myunxen mavzusiga qaytdi va “vaziyat qanday tus olişidan qat'i nazar, huquq-tartibot organlari xodimlarining öz hayotini garovga qöyib, xavfsizligimizni saqlaşdagi harakatlarini” yuqori baholadi.






