Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayol iPhone’ning quvvatlagichi ishlamay qolgani yuzasidan Apple’ni sudga berdi
Kaliforniyada yashovchi Monika Emerson iPhone 7 smartfoni quvvatlagichining nosozligi yuzasidan Apple ustidan sudga jamoaviy shikoyat arizasi topshirdi. Ayol kompaniyani shunday yo‘l bilan yangi aksessuarlarni sotib olishga majburlashda ayblamoqda.
Ayol iPhone 7’ni 2016 yil noyabrda sotib olgan. 2017 yil oktyabrda quvvatlagich ishlamay qolgan. U smartfonga ulanganda, qurilma tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasligi aytilgan.
Emersonning ta'kidlashicha, Apple shu tariqa yangi quvvatlagichlarni sotib olishga majburlamoqda. Ayol tergovda kompaniya smartfondagi operatsion tizimni eski quvvatlagichlarni ishlatishni taqiqlaydigan qilib yangilaganini ko‘rsatgan.
Ayol kompaniyani yana boshqa qoidabuzarliklarda ayblagan. U kompaniya eski quvvatlagichlarni atayin o‘chirib qo‘yganini tan olishini va katta jarima to‘lashini talab qilmoqda.
Bunda ayol faqatgina original quvvatlagichdan foydalangani ko‘zda tutilmoqda. Agar shunday bo‘lsa, tergov cho‘zilib ketishi mumkin. Agar ayol boshqa ishlab chiqaruvchilar quvvatlagichlarini ulagan bo‘lsa, Apple oqlanadi.
Mavzuga oid
08:37 / 04.06.2026
Max messendjyeri App Storeʼdan olib tashlandi
22:14 / 28.05.2026
iPhone o‘g‘rilaridan himoyalanishning yangi usuli ishlab chiqilmoqda
18:27 / 08.05.2026
O‘zbekistonliklarning xorijiy bigtex kompaniyalar pulli xizmatlaridan foydalanishi 80 foizga oshdi
18:02 / 08.05.2026