Max messenjeri işlab çiquvçisi bölgan VK kompaniyasi 3 iyun kuni keçqurun ilova App Storeʼda mavjud emasligini ma’lum qildi.
Kompaniya matbuot xizmati Appleʼga rasmiy sörov yuborilganini va muammoni tezkor hal etiş ustida iş olib borilayotganini bildirdi. Apple hozirça vaziyat yuzasidan rasmiy izoh bermagan.
Rossiya hukumati Telegram messenjeriga nisbatan çeklovlar fonida Max'ni uning muqobili sifatida faol tarğib qilmoqda. Biroq dastur xavfsizligi böyiça mutaxassislar orasida savollar mavjud.
May oyi örtalarida zarazaex taxallusi ostidagi dasturçi Habr platformasida Max'ning APK-fayli tahlili natijalarini e’lon qildi. Unga köra, messenjer telefondagi kontaktlar röyxati va örnatilgan dasturlar haqidagi ma’lumotlarni yiğişi, yaşirin tarzda ovoz yozib olişi, ekran tasvirlarini saqlaşi hamda ayrim xabarlarni öçiriş imkoniyatiga ega bölişi mumkin.
Tadqiqotda, şuningdek, dastur VPN yoqilgan holatda ham foydalanuvçining haqiqiy IP-manzilini aniqlay olişi aytilgan.
30 aprel kuni esa Cloudflare xosting provayderi Max domenini “josus dastur” sifatida belgilagani haqida xabarlar tarqalgan. Keyinçalik mazkur belgi olib taşlangan.













