Jahon | 18:49 / 07.02.2019
6612
1 daqiqa o‘qiladi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Manfred Eygen vafot etdi

Foto: AP Photo / Schlagman

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, nemis olimi Manfred Eygen 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda Gyottingendagi Maks Plank nomidagi biofizik kimyo instituti ma'lum qildi.

Olim 1967 yilda o‘ta tez kimyo reaksiyalari sohasidagi tadqiqotlari uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. 

Eygen, shuningdek, ko‘plab boshqa nufuzli mukofotlar, jumladan kimyo va fizika bo‘yicha Otto Gan, Baltimordagi inson virusologiyasi institutining hayoti davomida erishgan ulkan yutuqlari uchun mukofotlari sohibi hisoblanadi.

Mavzuga oid