Gruziya Yevropa investitsiya bankining 100 mln yevrolik kreditidan voz kechdi
Gruziya Yevropa investitsiya bankining (EIB) 100 mln yevrolik kreditidan voz kechishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Gruziya parlamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 2016 yilda Gruziyada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va sotish loyihasi bo‘yicha moliyaviy kelishuv imzolangan va EIB loyihani amalga oshirish uchun 100 mln yevro kredit ajratgan.
"Qishloq xo‘jalik vazirligining sa'y-harakatlariga qaramasdan, Gruziya tijorat banklari valuta xavfi majburiyatlarini o‘z zimmalariga olmadi. Natijada yevrodagi kredit foizi fermerlar uchun baland - yillik 8-9%ni tashkil etdi. Shuning uchun hukumat ajratilgan kreditdan voz kechishga qaror qildi", - dedi moliya vaziri o‘rinbosari Georgiy Kakauridze.
Moliya vazirining ma'lum qilishicha, 2018 yilda Gruziya va EIB o‘rtasida mazkur kreditni bekor qilish to‘g‘risida kelishuv imzolangan.
Hozirgacha EIB Gruziyada umumiy qiymati 1,5 mlrd yevrolik 21 loyihani amalga oshirdi.
Mavzuga oid
12:01 / 09.11.2024
Buxoroda 16 yoshli bola o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi. U qamoqqa olingan
23:10 / 26.10.2024
Gruziyada parlament saylovlari yakunlandi. Hukmron partiya va muxolifat o‘z g‘alabasini e’lon qildi
21:11 / 21.10.2024
«GRU» va «FSB» hakerlari Gruziya hukumati hamda kompaniyalarini kuzatib kelgan - Bloomberg
10:38 / 13.10.2024