Köpçiligimiz «kovorking», «startap», «trendsetter» yoki «xab» kabi innovatsion sözlarni tez-tez eşitib turamiz. Biroq, kamçiligimizgina bu atamalar nimani anglatişining farqiga boramiz.
Özbekistonda Facebook va YouTube platformalariga kiriş hamon muşkul masala bölib turgan, Internetga ulaniş tezligi hali-beri ön baravarga kötarilmaydigan vaqtda ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari turli vositalar orqali bölsa-da, unga boğlanişning uddasidan çiqmoqda.
Ijtimoiy mediadagi marketing (SMM, social media marketing) va köçalardagi reklamalar kundan-kun bir qaraşda yangiça sözlar bilan tölib boryapti. Ijtimoiy tarmoqlar, zamonaviy turmuş tarziga katta avlod vakillarining qiziqişi ortib borayotgani ham rost. Kun.uz avlodlar örtasidagi muloqotda anglaşilmovçiliklarni kamaytiriş maqsadida zamonaviy yoşlar luğatidagi 35 sözni e'tiboringizga havola etadi (töliq röyxat videoda):
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Bayopik – inglizça «biographical picture» (biografik çizgi) biror ajoyib insonning hayoti haqida biografik kino. Masalan, «Ijtimoiy tarmoq» filmi Mark Tsukerberg haqida suratga olingan bayopik sanaladi”.
Branç (brunch) - inglizça «breakfast» (nonuşta) va «lunch» (tuşlik) sözlarining qöşilişidan kelib çiqqan tuşunça bölib, odatda soat 11 va 14 oraliğida iste'mol qilinadi.
Granola - yonğoq va quruq mevalar, suli yormasining umumiy nomi zamonaviy qahvaxonalarda aynan granolaga almaşgan. Marketing hosilasi.
Kovorking (coworking) – yakka yoki guruh bölib idoraviy işlar, startaplar yoki ta'lim uçun möljallangan, zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan ta'minlangan joy.
Vok (wok) – maxsus tovada tayyorlangan Osiyo taomlarining umumiy nomi, karton qutiçalarga solib taqdim etiladi.














