Özbek-lotin alifbosiga ötiş “x” va “h” harfli sözlar imlosidagi xatolar kamayişiga ham yordam beradi, deydi filolog Ravşan Jomonov. Luğatşunos olimning navbatdagi videodarsida “x” va “h” harfli sözlar imlosi haqida söz boradi.

Bahsli “x” va “h” harfli sözlar imlosi haqida gapirganda, masalani töğri anglaş uçun, avvalo, kirill adifbosidagi holatlarni ham körib ötiş lozim. Kirill alifbosida bu ikki tovuşni ifodalaş uçun bir-biriga şaklan yaqin ikki harf qabul qilingan. Bu şaklan öxşaşlik ayrim şeva vakillari nutqida ikki tovuşni bir-biridan farqlamaslikka, yozuvda ajrata olmaslikka olib keladi.

Natijada esa ularni birlaştirişga harakat qilişadi. Aslida, unday emas. Çunki mazkur tovuşlar hosil böliş örniga köra butunlay boşqa-boşqa tovuşlar hisoblanadi.

“х” tovuşi özbek adabiy tilida oğiz böşliğida yuqori tanglayda hosil böladi. “h” esa böğizda hosil böladigan tovuş.

Özbek tili haqida dars ötilayotganda mazkur tovuşlarni yumşoq (h) va qattiq (x) deb tuşuntiramiz, lekin bu notöğri yondaşuv. Sababi — özbek adabiy tilida yumşoqlik va qattiqlik hodisasi yöq, şuning uçun asliça tuşuntirgan maʼqul.

Filologiya fanlari nomzodi, luğatşunos Ravşan Jomonov

Örganuvçini qiynaydigan narsalardan biri kirill yozuvidagi şaklan (х, ҳ) öxşaşlikda. Şu boisdan köz könikmasi va talaffuz bir-biriga yaqinlaşib qoladi.

Özbek-lotin alifbosida bu masala oqilona hal etilgan. Böğiz tovuşi uçun “Hh” harfi, qattiq tanglayda hosil böladigan, çuqur til orqa tovuşi uçun esa “Xx” harfi qabul qilingan.

Özbek tilida bu tovuşlar fonologik vazifa bajaradi, yaʼni sözlar maʼnolarini tubdan özgartiradi. Agar bu örinda bir harfda xato qiladigan bölsak, sözni notöğri işlatgan bölib qolamiz. Masalan,

  • xam — ham;
  • xil-xil — hil-hil;
  • xuş — huş;
  • xirs — hirs kabi.

Yuqoridagi qatorlarda keltirilgan sözlarda bu ikki tovuş bir-biriga yaqindek körinadi, lekin aslida, unday emas, ulardagi maʼnolar butunlay farq qiladi.