O‘zbekiston | 14:40 / 12.02.2019
3334
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston «Vishegrad guruhi + Markaziy Osiyo» vazirlar uchrashuvini Toshkentda tashkil etishga tayyorligini ma'lum qildi

2019 yilning 12 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov Slovakiya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Yan Bori bilan uchrashdi.

TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida turli sohalardagi O‘zbekiston-Slovakiya muloqotining hozirgi holati muhokama qilingan va 2019 yili munosabatlarni rivojlantirish istiqbollariga asosiy urg‘u berilgan.

Turli darajalardagi aloqalar va o‘zaro hamkorlik institutlarini faollashtirishdan tomonlar manfaatdorligi tasdiqlandi, xususan, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning to‘rtinchi raundi, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha idoralararo komissiyaning birinchi majlisini o‘tkazish jadvali yuzasidan fikr almashilgan.

Ta'kidlanganidek, 2018 yil 27-28 fevral kunlari Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan «Vishegrad guruhi + Markaziy Osiyo» shaklidagi birinchi mintaqalararo vazirlar uchrashuvi o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash uchun yangi istiqbollarni ochdi. O‘zbekiston tomoni ushbu shakldagi ikkinchi uchrashuvni Toshkent shahrida kelishilgan muddatlarda tashkil etishga tayyor ekanini ma'lum qildi.

Suhbat chog‘ida ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama qilindi, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid