O‘zbekiston | 20:32 / 13.02.2019
13291
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda elektrotraktorlar ishlab chiqariladi

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ Avstriyaning “AVL” kompaniyasi bilan hamkorlikda zamonaviy elektrotraktorlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqida 12 fevral kuni ikki kompaniya vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma'lum qilindi. 

Uchrashuvda “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tarkibidagi tizim korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan 100 ot kuchigacha bo‘lgan traktorlarni to‘liq elektrlashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Unga ko‘ra, 2019 yil yakunigacha “AVL” kompaniyasi yangi elektrotraktorlarning konseptual loyihalarini tayyorlaydi. Ilk namunalar esa “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tarkibidagi tizim korxonalar tomonidan 2021 yilda ishlab chiqariladi. 

“Bunday zamonaviy traktor modellari 180 kvli elektrodvigatellarga ega bo‘ladi va deyarli shovqin chiqarmaydi. Shu bilan birga ularni ta'mirlash juda oson bo‘ladi. Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, bunday zamonaviy elektrotraktorlardan foydalanish fermerlar va dehqonlarning yoqilg‘i hamda ehtiyot qismlari uchun katta mablag‘ sarflashlarining oldini oladi”, – deydi “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi Muxtor Karimov. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish